background
logotype
image1 image2 image3

Ochofat imom

Imom Shofeiy Bag‘dodga xat yozib, shogirdlari Imom Ahmad ibn Hanbalni Misrga mehmonga taklif qilibdilar. U zotning istiqbollariga Imom Shofeiyga qo‘shilib, hokim va shahar ahli shahar tashqarisiga chiqishibdi. Imom Hanbalni Shofeiy uylariga olib kelib, ziyofat beribdilar. Buyuk Imomning kelganlari eshitib, butun shahar yig‘ilibdi. Imom Hanbal ziyofatda bir kishi yeydigan ovqatdan yettitasini yebdilar.

Birdan ko‘pchilikning qalbiga gumon oralabdi. Maqtalgan imom ochofat ekan-ku, degan shubha Imom Shofeiy va u kishining o‘g‘illari qalbiga ham kiribdi. Hatto o‘g‘illari bu haqda Imom Shofeiyga malomat bilan:

— Shogirdimning ilmi mendan ham kuchli derdingiz, g‘irt ochofat ekan-ku. Olim ham shunday bo‘ladimi? — deyishibdi.

— Mening ham qalbimda shunaqa gumon bor. Lekin mezbonlik odobi bor. Biron narsa deyolmayman. Mayli, sizlar kechasiga suv tayyorlab qo‘yinglar, Ahmad kechasi tahajjudga turadi.

Imom Shofeiy bomdodga turib, qarasalar, suv ham ishlatilmabdi. Gumonlari yanada alanga olib, Imom Ahmadning huzuriga kirib so‘rabdilar:

— Ey, Imom, siz avval bunaqa emasdingiz. Kam ovqatlanardingiz. Kechqurun tahajjud o‘qirdingiz.

— Ustoz, buning sirini sizga ochaman. Dunyoga kelib, halol ovqatning tepasidan nur chiqishini sizning taomingizda ko‘rdim. Yorilib o‘lsam ham mayli, deya ushbu halol ovqatingizdan yeyaverdim. Sizning halol taomingiz mening qalbimga nur bo‘lib, kechasi bilan uxlamasdan ibodat qilib chiqdim. Taomingizning ilmiy barakasi shunday bo‘ldiki, bir oyatdan yuztagacha hukm chiqardim...


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.