background
logotype
image1 image2 image3

Oqshomgacha yashashimni bilmagandim

Makka ko‘chalaridagi supalardan birida yosh yigit bilan keksa kishi suhbatlashib o‘tirishibdi. Shu payt yonlariga bir odam keldi va yigitning oldiga oltin to‘la xaltacha qo‘ydi.

– Birodar, menga pul kerak emas, – dedi yigit

– Olaver, xohlasang, o‘zing ishlat, xohlasang, biror faqirga berib yubor.

Yigit haqiqatan ham ehtiyoji yo‘qligini aytib, pullarni egasiga qaytardi.

O‘sha kuni oqshomda yigitga pul berishni istagan kishi uning boshqa birovdan yordam so‘rayotganini ko‘rdi. Hayron bo‘lib so‘radi:

– Tongda senga pul berishni istaganimda, kerak emas deb qaytarganding. Nega?

– Chunki oqshomgacha yashashimni bilmagan edim.

“Irfon” taqvimining 2011 yil, 3-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.