O'lim shiddati
Vahb ibn Munabbih hikoya qiladi:
"O'tgan podshohlardan biri qaergadir sayohatga otlandi. Yurish oldidan u o'ziga hammani hayratga soladigan kiyim keltirishlarni buyurdi. Olib kelingan kiyim podshohning didiga o'tirmadi. Darhol bundan ham yaxshirog'ini keltirishlarini buyurdi. To hayratdan yoq ushlaydigan darajadagi ajabtovur kiyim keltirgunlaricha bu hol davom etdi. Podshoh ulovni ham shu talab bilan tanladi. Har safar ko'rsatilayotgan otlarni qaytarib, yanada chiroyliroq yanada xushbichimroq ot keltirishlarini buyuradi. Nihoyat, podshoh antiqa kiyimlar kiyib, eng chiroyli ot ustiga mindi. O'sha paytda Iblis uning burniga dam urdi, podshohning ichi kibrga to'ldi. Endi uninh ko'zi ko'r bo'lib, na atrofdagi otliqlarni, na yo'ldagi odamlarni ko'rardi. Shu payt uvada kiyimda, holi xarob bir kishi yo'l o'rtasiga chiqib, podshohga salom berdi. Podshoh uning salomiga alik olmadi. U otning jilovidan ushlab, yo'lga ko'ndalang turib oldi. Shunda podshoh:
-Jilovni qo'yvor! Qattiq jazoga munosib ish qilyapsan,-dedi unga g'azabnok.
-Senda hojatim bor, -dedi u podshohga.
-Sabr qil otdan tushay.
-Yo 'q, xoziroq, shu hojatimni ravo qilasan.
Podshoh ulovning jilovini unga topshirishga majbur bo'ldi va:
-Ayt hojatingni, -dedi.
-Bu sir!
Podshoh boshini egib unga qulog'ini tutdi. U sirni ochdi:
-Men o'lim farishtasiman!
Podshohning rangi o'zgarib, tili kalimaga kelmay qoldi. Keyin o'ziga kelib:
-Fursat ber, ahlimni oldiga qaytib, omonatlarimni ado qilay,-dedi o'lim farishtasiga.
-Yo'q, Allohga qasamki, endi sen ahlingni ham, qoldirgan mol-dunyoyingni ham hech qachon ko'rolmaysan, -dedi o'lim farishtasi va uning jonini oldi.
Podshoh qurigan yog 'och kabi yerga quladi.
Keyin o'lim farishtasi shu ahvolda mo 'min bandasiga yo'liqdi, unga salom berdi. Mo'min banda uning salomiga alik oldi.
-Senda hojatim bor,-dedi o'lim farishtasi unga.
-Aytaqol, qulog'im senda.
-Yaqinroq kel, dedi o 'lim farishtasi va unga sirni ochdi:
-Men o 'lim farishtasiman!
-Xush kelibsan, marhabo, ey intizor kutilgan zot! Yer yuzida g'oyib narsalar ichida men uchun eng suyuklisi sensan!
-Nimani hohlaysan? Hojatlaring bo 'lsa, bemalol ado qilishing mumkin.
-Yo'q! Alloh taoloning diydoridan ulug 'roq va suyukliroq hojat bormi! - dedi mo'min banda.
-Ayt joningni qanday shaklda olishimni istaysan?
-Sen men istaganday jonimni olishga qodirmisan?
-Ha, men shunga buyurilganman.
-U holda ozgina muhlat ber, tahorat olay ibodat qilay. Boshim sajdaga qo'yilgan payti jonimni ol. Darhaqiqat shunday bo 'ldi: mo 'min banda boshini sajdaga qo'ygani zahoti o'lim farishtasi uning jonini oldi".
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.