background
logotype
image1 image2 image3

Namozda nega xushu‘imiz yo‘q?

Rasululloh s.a.v. aytadilar: “Musulmon kishining nazari biron xushsurat odamga tushsa-yu, Alloh uchun nigohini pastga qaratsa, Alloh taolo unga ibodatning lazzatini nasib qiladi”.
Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy aytadi:
“Shogirdlarim ibtidoda zikrdan maza qilganlarini, asta-sekin bu mazaning yo’qolib qolganini aytishdi. Buning sababi esa ularning badnazarlik bilan begona ayollarga ko’zi tushib qolganidir.
Badnazarlikning yana bir ofatlaridan biri rizqning kesilishidir. Muttasil shu dardga yo’liqqan odamning xonadonida baraka qolmaydi.

Shayton jannatdan quvilib, Allohdan odam farzandlarini gumroh qilishlik uchun ruxsat olarkan, o’ngidan, chapidan, orqasidan, oldidan kelaman deb va’da qilgan-u, lekin pastki tarafdan kelaman deb va’da qilmagan. Shuning uchun Alloh taolo “nomahramdan yuzingizni pastga qarating” deydi”.

Yorqinjon qori ma’ruzalari asosida tayyorlandi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.