background
logotype
image1 image2 image3

Mushrikdan olingan mukofot

Ibn Abu Hotamdan: “Juda yaqin yerda Rum mag'lub bo‘ldi.  (Lekin) ular (ya’ni, rumliklar) bu mag'lubiyatlaridan so‘ng, bir necha yil ichida albatta Halaba qilurlar, Avvalu oxir, barcha ish Allohning (izmida) dir. O‘sha kunda Alloh madad bergani sababli, mo‘minlar shodlanurlar. (U) xohlagan kishiga madad berur. U qudratli va rahmlidir” (Rum, 2—5) mazmunidagi oyatlar nozil bo‘lganida, mushriklar Abu Bakrga, roziyallohu anhu:
— Eshityapsanmi, bu birodaring nimalar deyapti? Rumliklar eronliklarni yengar emish-a, — deyishdi.
— To‘g‘ri aytyapti, — dedilar Abu Bakr, roziyallohu anhu.
— Biz bilan bu borada bahslashasanmi? — so‘rashdi mushriklar.
— Ha, — dedi Abu Bakr, roziyallohu anhu. Bu Halaba falon paytda bo‘ladi, — deya ma’lum bir muddatni  aytdilar.
Bu haqda eshitgan Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Abu Bakrdan:
— Nega bunday qilding?— deya so‘radilar.
— Men Alloh va uning Payg‘ambari bergan xabarga aniq ishonganim uchun ular bilan bahs boylashdim, — dedi Abu Bakr, roziyallohu anhu.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qo‘lingdan kelsa, borib ular bilan bu borada kattaroq mukofot qo‘yib qayta garov bog‘la va muddatni yana  biroz cho‘zdir, — dedilar.
 Abu Bakr ularning yoniga borib:
— Yana bir marta bahslashamizmi? — dedi.
Ular bu taklifni qabul qilishdi. Aytilgan muddat to‘lmay,  rumliklar  eronliklarni yengib, otlarini Madoin shahriga bog‘ladilar va Eronda Rumiya nomli bir shahar bunyod qildilar. Abu Bakr, roziyallohu anhu, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga kelib:
— Yo Rasulalloh! Mushriklardan olgan mukofotim mashru bo‘lmagan bir daromad-ku. Endi uni nima qilay? — deb so‘radi.
— Kambag'allarga ulash, — deya marhamat qildilar Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.