Meni ko‘rganingizdek tanidingiz...
Luqmoni hakim hazratlarini qaroqchilar asir olishdi. Begona shaharda qul qilib, bir boyga sotishdi. Xo‘jayin u kishiga g‘isht quyish kabi qiyin ishlarni topshirdi. Luqmoni hakim esa ishning qiyinligidan shikoyat qilmay, hammadan ko‘ra yaxshiroq ishlardilar. Vaqt o‘tgani sari xo‘jayin bu qulning mehnatkash, halol va qiyin ishlarga chidamli ekanini bildi. U kishiga mehri tushib qoldi.
Bir kuni bu shaharga kelgan Luqmoni hakimning hamshaharlaridan u zotning aslida kim ekanligini bilib oldi. Oldinroq tanimagan, ammo shuhratini eshitgan Luqmoni hakimdek zotni qul qilib ishlatib yurgani uchun qayg‘uga tushdi. Darhol u kishidan uzr aytib, hadyalar berib, ozod qildi. “Nega o‘zingizni tanitmadingiz?” deb so‘radi.
Luqmoni hakim aytdilar:
– Siz kuchimdan foydalanish uchun meni sotib oldingiz. Shahringizda meni himoya qiladigan biror qonun yo‘q edi. Men esa bir kuni kimligimni bilishlarini va sabrning hikmatdan ham ulug‘ ekanligini bilardim. Shu sababli ham nima bo‘lishiga qaramasdan, ishlashim kerak edi, ishladim. Yashashim shart edi, yashadim. Nima bo‘lsa ham yaxshi bo‘lishim kerak edi. Ishimning og‘irligi salomatlik qadrini anglashim va boshqa qullar ahvolini tushunishimga, taomimning yaxshi emasligi, g‘arib, faqirlar holini anglashimga yordam berdi.
Qul edim, ammo aybim yo‘q edi. Mashaqqat ichra edim, ammo ibrat va nasihat olayotgandim. Hech kimga yolg‘on gapirmadim, birov menga dushman bo‘lmasligi uchun o‘zimni maqtamadim, baland tutmadim. Shahringizga keldim, begona edim sizlarga. Bugun esa orangizda meni yaxshilik bilan eslaydigan do‘stlarim bor.
Siz Luqmonni odamlar e’tirof etganidek emas, ko‘rganingiz kabi tanidingiz. Alloh taologa shukrlar bo‘lsin, oqibatda, mendan mamnun bo‘ldingiz. Men ham o‘z yurtimga xushnud holda qaytyapman. Agar kelgan kunimoq o‘zimni tanitganimda, ishonmasligingiz yoki ishonib meni ozod qilishingiz mumkin edi. Bugungi yaxshiliklardan, ibratli ishlardan siz ham, men ham, boshqalar ham bahramand bo‘lishmas edi.
“Irfon” taqvimining 2012 yil 4-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.