background
logotype
image1 image2 image3

Menga ishonasizmi?

Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan turib:
— Ey Abdul Muttalib o'g'illari, ey Fihra o'g'illari, ey Zuhra o'g'illari, — deya qabila uluHlarini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar: 
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu tog'ning etagida dushman otliqlari bor!  Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi? 
 Hammalari baravariga:
— Ha, ishonamiz. Chunki  hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik,  —dedilar. 
— Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.