background
logotype
image1 image2 image3

Mendan ham haqir ekan-u...

Hindistonni inglizlar bosib olib, nasorolashtirish siyosati ketayotgan vaqtlarda Shohjahon masjididan chiqayotgan musulmonlarni xristian poplari da’vat qilisharkan. 
Bir kuni besh-o‘n kishini o‘rnidan turgizishibdi-da, so‘rashibdi:
— Sening isming nima?
— Falonchi.
— Otangning ismi-chi?
— Pistonchi.
— Mana ko‘rdingizmi? Mana shu yerda o‘tirganlarning hammasining otasi bor-a? Iso payg‘ambarning ham otasi bor. Uning otasi — xudo. Sizlarga kechgacha muhlat, Iso payg‘ambarning otasi yo‘qligini isbotlab beringlar-chi.
Shu payt orqa tomondan a’robiysifat cho‘pon o‘rnidan turibdi-da, so‘rabdi:
— Menga qara, sening xudoyingni nechta o‘g‘li bor?
— Bitta o‘g‘li bor.
— Mening esa o‘nta o‘g‘lim bor. Sening xudoying menchaligam emas ekan-u... 

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.