Masjidga borganlar va namozga kelganlar
Ramazon oyi edi. Bir kuni Abbosiylar davlati boshlig‘i Horun ar-Rashid Shayx Bahlul hazratlariga qarab: «Ey Bahluli dono! Shom namozida masjidga boring va barcha namozga kelganlarni iftorga taklif qiling», dedi.
Xalifa buyurganidek Shayx Bahlul hazratlari shom namoziga masjidga bordilar. Azon aytilib, namoz ado qilindi.
Namozdan so‘ng Shayx Bahlul hazratlari o‘n kishi bilan birga saroyga keldilar.
Horun ar-Rashid jamoat juda ozchilik ekanini ko‘rgach, hayratlanib:
— Bular kim, ey Bahlul? — deb so‘radi.
— Sultonim, bular siz iftorga taklif qilgan kishilardir.
— Men namozga kelgan barchani saroyga chaqiring demaganmidim?
— Xuddi shunday, hazratim, siz menga masjidga kelganlarni emas, namozga kelganlarni iftorga taklif qil, degan edingiz. Mana, namozga kelganlar kelishdi...
— Qanaqasiga?..
— Namozdan so‘ng kamina masjid eshigida turib, chiqayotganlardan: «Imom namozda qaysi suralarni o‘qidi?», deb so‘radim. Bu savolga faqatgina mana shu insonlar javob berishdi, xolos. Masjidga kelganlar ko‘pchilik edi, ammo namozga kelganlar faqat shu kishilar ekan, — deb javob qildi Bahluli dono.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.