background
logotype
image1 image2 image3

Kulgi va yig‘i chegarasi

Hazrati Iso alayhissalomda kulish g‘olib ekan. U kishi bir gapirib, bir tabassum qilar ekanlar. Hazrati Isoning qarindoshlari Yahyo alayhissalom esa ko‘p yig‘larkanlar. Bir kuni Yahyo alayhissalom Iso alayhissalomdan so‘rabdilar:

— Ey Iso, Allohdan qo‘rqmaysizmi? Muncha kulasiz?

Iso alayhissalom:

— Allohdan umidingiz yo‘qmi? Nega yig‘layverasiz?

Ikkalalarining o‘rtalarida hukm qilish uchun Alloh taolo bir farishtani yuboribdi. Farishta shunday javob bergan ekan:

— Ko‘pchilikning orasida Iso alayhissalomning holati yaxshi. Chunki odamlarni ma’yus, noumid qilib qo‘ymaslik kerak. Xilvatda esa Yahyo alayhissalomning holati yaxshi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.