background
logotype
image1 image2 image3

Kibr kirgan boshga ilm kirmaydi

 
Boshiga havo to‘lib qolgan
 
Bir avliyo zot ko‘chada ketayotsalar, bolalar to‘p o‘ynashayotgan ekan. Shunda u zot so‘rabdilar:
— Bolalarim, bu to‘p sizlarga nima gunoh qildi? Nega uni hadeb tepasizlar?
Bolalar ichidan bir sho‘xrog‘i devonasifat avliyoni masxaralagannamo debdi:
— Hazrat, to‘pning oldida turibsiz, o‘zidan so‘ray qoling.
Avliyo to‘pga qarab, indamay qolibdi. Shunda haligi bola:
— So‘radingizmi, to‘p nima dedi? – desa, avliyo shunday javob bergan ekanlar:
— To‘p dediki: boshimga ozgina havo to‘lib qolgan ekan, shunga tepki yeyapman.
Ibrat: Kimniki boshiga kibru havo to‘lib qolsa, u odamni Alloh xor qiladi. 
 
Kibr kirgan boshga ilm kirmaydi
 
Ibn Sinoning ustozi Kushyorning huzuriga bir kishi yulduz ilmini o‘qish maqsadida kelibdi. 2-3 oy o‘tsa hamki, ustozi dars bermaganidan so‘ng aytibdi:
— Hazrat, endi menga javob bersangiz. Uch oy bo‘ldi hamki dars bermadingiz. Vaqtingiz yo‘q shekilli…
— Men senga bajonidil dars berardim-u, lekin sen huzurimga kelgandagi bu ilmda mening uncha-muncha xabarim bor degan kibr-havoing hali ham ketmadi. Men bir idishga qachonki u bo‘sh bo‘lsagina suv quyaman. Afsus, sening kallang havo bilab to‘lib qolgan ekan.
Xulosa: Kibr kirgan boshga ilm kirmaydi. 

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.