background
logotype
image1 image2 image3

Zuhra

SIRDOSH KETGANDA

Ko’ngil yarim, hech butun bo’lmas,
G’arib ruhim shodlikka to’lmas.
Ma’yus ko’zlar shodlanib kulmas,
Mehribon bir dilkash ketganda.

Hayollarga bo’libon asr,
Qalb tubida aytilmas bir sir.
Hamon tanim nochoru basir,
Mehru daryo sirdosh ketganda.

O’zga qalbdan mehrlar kutdim,
Yolg’izlikdan ming g’amlar yutdim.
Bir kalom chun o’zni unutdim,
Ota so’zi armon ketganda.


HAMMA MEHMON

Bu dunyoga hamma mehmon, yoqdir aning mezboni.
Mo’minlarga dunyo qafas, bo’lmas rohat makoni.
Ozuqa ol Oxiratga, ishlat aql va ongni,
Har bosgan qadaming xatar, yaqin ajal o’pqoni.
Bu dunyoga hamma mehmon, sinalmoqqa kelganmiz.
Savob-gunoh ilinjida “tijoratga” kelganmiz.
Bu dunyoga hamma mehmon, sinalmoqqa kelganmiz.
Mo’minlarga dunyo qafas, bo’lmas rohat makoni.

Zuhra


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.