background
logotype
image1 image2 image3

Yusuf Po’lat o’g’li

SEN KIMSAN?

Qardoshim, bir so’yla, nedur bu ahvol?
Atrofingdan xabaring bormi? Sen kimsan?..
Vaqting bo’sh kechayotir, ozmi bu gunoh,
Kuningdan habaring bormi? Sen kimsan?...

O’yla, ne anglading quruq g’avg’odan?
Ajal birdir uyg’otadi ro’yodan,
Mana, kelding va ketyapsan dunyodan,
So’ngingdan habaring bormi? Sen kimsan?..

Sen kimsan, qardoshim, qaysi chog’lisan?
Kimning nabirasi, kimning o’g’lisan?..
Sen kimga mansubsan, kimga bog’lisan?..
Diningdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Mukammal har davr ustida Islom,
Najot topish istasang, bo’lgin unga rom.
O’zgarmas, eskirmas Ilohiy Ahkom-
Qonundan habaring bormi? Sen kimsan?..

Qoralama shavkatli otalaringni,
Tuhmat yopmas sening xatolaringni,
Bir o’yla tarixning o’tganlarini!
Ertangdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Bo’shliqda qarorsiz inson bo’lurmi?
Hadaf axtarmagan manzil olurmi?
G’oyasiz bir ko’ngil huzur topurmi?
Joningdan xabaring bormi? Sen kimsan?..

Yusuf Po’lat o’g’li. Olmoniya.
Nurulloh Muhammad Raufxon tarjimasi

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.