background
logotype
image1 image2 image3

Yo’ldoshxo’ja Dog’iy

YO RASULULLOH

Erursan osiy ummat mehriboni, yo Rasululloh,
G’ariblar boshi uzra soyaboni, yo Rasululloh.
Vujuding koni rahmat, boisi ijodi olamsan,
Senga ko’p iltifoti ul Xudoni, yo Rasululloh.
Habibi ham Rasuli ham, shafe’ul-muznibindursan,
Ki yo’qdur zarracha bu qul gumoni, yo Rasululloh.
Nechun jonlar fido bo’lmas saningdek mehriboniga,
Deding ummat, qo’yub ato-anoni, yo Rasululloh.
Ilojim yo’qki boshim ostoning xokig’a sursam,
Ado bo’lg’uncha tokim umri foniy, yo Rasululloh.
Borolmay ishtiyoqingda yuraklar qonga to’lg’andur,
Ne bo’lg’ay chorlasang men benavoni, yo Rasululloh.
Saki dargohidur shoyadki tegsa Dog’iy osiyg’a,
Shafoat xonidan bir ustuxoni, yo Rasululloh…

Yo’ldoshxo’ja Dog’iy


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.