background
logotype
image1 image2 image3

Urfon Otajon

YAXSHILARGA XIZMAT QIL

Ogoh bo’lu bo’l hushyor, yaxshilarga xizmat qil.
Savob ishga tur tayyor, yaxshilarga xizmat qil.
Toki tanda joning bor, yaxshilarga xizmat qil.
Bo’lay desang baxtiyor, yaxshilarga xizmat qil,
Bo’lsin desang Alloh yor, yaxshilarga xizmat qil.

Yaxshiga yaqin yursang, ortar senda fazilat.
El aro qozongaysan ham izzatu ham hurmat.
Yaxshining har bir so’zi oltinu zardan qimmat.
Bo’lay desang baxtiyor, yaxshilarga xizmat qil,
Bo’lsin desang Alloh yor, yaxshilarga xizmat qil.

Yaxshida oriyat bor, yaxshidir kamtar inson,
Yaxshilikka intilar, yaxshi boricha imkon
Yaxshining qalbi toza, yaxshida border iymon.
Bo’lay desang baxtiyor, yaxshilarga xizmat qil,
Bo’lsin desang Alloh yor, yaxshilarga xizmat qil.

Yaxshilikdir, yaxshilik yaxshilar muddaosi,
Yaxshilik qilgay doim donolarning donosi,
Bo’lgay ijobat bilgil, yaxshilarning duosi,
Bo’lay desang baxtiyor, yaxshilarga xizmat qil,
Bo’lsin desang Alloh yor, yaxshilarga xizmat qil.

Yomonlik qilmas yaxshi, yaxshilik qilmas yomon,
Yomon sudrar choh tomon, yaxshilar saqlar omon,
Keksa bir dona dedi: pandim eshit ey Urfon,
Bo’lay desang baxtiyor, yaxshilarga xizmat qil,
Bo’lsin desang Alloh yor, yaxshilarga xizmat qil.

HAYRAT

Mukammal etmish bino bu olamni Me’mori,
Zuhaldan zarragacha bor tartibi, me’yori.

Behadu benihoya fazolar silsilasi,
Koinotlar tufadir, yo’q o’xshashi, takrori.

Nazar slogan osmonga qudratin ko’rar beshak,
Chamanzor bo’lib tunlar, kavokibdan gulzori.

Bejiz emas hech nuqta, border unda bir yumush,
Topilmas hech mavjudot bo’lmagan biror kori.

Nihon etmish zarraga ming-ming fillar quvvatin,
Behiobdir, behisob uning siri, asrori.

Yulduzi sayyoralar hamdu sanolar qilar,
Xonishlar ila bulbul keltirib gulbahori.

G’ofil bo’lma sen, Urfon, zikridan qolma also,
Tasadduq Unga jonim, jonim Uning nisori.

Urfon Otajon


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.