background
logotype
image1 image2 image3

Shahriniso Ergasheva

MUNOJOT

Tomchi suvdan paydo qilgan Allohim,
Ne ixtiyor qilsang, kelar qo’lingdan.
To’g’ri yo’ldanozdirmagin, ilohim
Yo bor Alloh, adashtirma O’zingdan.

Mahbubingga yubording Qur’oni Karim,
Isming bilan boshlanur Rahmonir Rahim,
O’zing saqla saqaru ham noru jahim
Qodir Alloh, adashtirma O’zingdan.

Ming bir isming ming bir xislat ayoni,
Qur’on ichra yozilmishdir bayoni,
E’tiqodu imon. ixlos, hayoni
Shior qildim, adashtirma O’zingdan.

Qadim – isming, avvalingning boshi yoq,
Boqiydirsan, oxirinhgning so’ngi yo’q,
Vohid O’zing, Sendan o’zing tangri yo’q,
Yo bor Alloh, adashtirma O’zingdan.

Tog’u toshga larzon kirgay qahringdan,
Chidolmayin suvlar toshar nahringdan,
titrar tanam oxiratd vahmingdan,
Qahhor egam, adashtirma O’zingdan.

Ahad isming ayon qilar birliging,
Samad isming tengsizliging borliging,
Faqir, miskin, shaydolarga yorilging
Yo Ahadim, adashtirma O’zingdan.

G’aniydursan, boyligingga qiyos yoq,
Muruvvatda sahiydursan, tenging yo’q.
Marhamating darig’ tutsang, iloj yo’q.
Umidvorman, adashtirma O’zingdan.

Azimsan, Jamilsan, Xoliqu Muxtor,
Quddussan, Shokirsan, Hamdu G’affor,
Odilu Olimu Sobir ham Sattor,
Razzoq egam, adashtirma O’zingdan.


Payg’ambarim hadislarin tinglagin,
Ma’nisin yech, to’g’ri yo’lni tanglagin,
Ey Muslima, tunlar turib yig’lagin,
Subhon egam, adashtirma o’zingdan.

Shahriniso Ergasheva Abdug’ani qizi

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.