background
logotype
image1 image2 image3

Rohatoy

Iltijo…

Allohim bergin bandangga
IYMON, INSOF, E’TIQOD.
Ochgin “kar” quloqlarni,
Poklagin kir dillarni.
SENDANDA so’rab panoh,
Yuzlanurmiz qiblaga.
Gunohlar qilib, ey voh!
INSOF bergin bizlarga.


Tilak…

Qalbimizni sotmaylik, 
Bizlar shayton la’yinga.
Dilimizni bermaylik 
Bizlar orzu – hafasga.
O’tar ketar bu dunyo,
O’tamiz biz ham albat.
Foyda bermas bizlarga
U dunyoda toju – that
Ko’p qilaylik zikrni,
Yodga olib Allohni
O’rtaga tushmasdan nafs,
Anglaylik biz o’zlikni.
Muslim ham muslima ham,
Tildamas dilda bo’lsin.
IYMON-LA qalbimizda, 
Ezgu huslar jo’sh ursin.


Alloh yo’lida do’stlashgan do’stlarimga!

Ey, do’stlar men sizlarni ALLOH uchun sevganman,
Barchangizni qalbdagi IYMON bilan sevganman.
Bo’ling doim sog’ omon va DINda sobitqadam,
Dinimizni asraylik TOABAD bo’lib birdam.


Allohim O’zingga shukur…

Allohim O’zingga shukur inson qilganing uchun,
Undan ham ko’proq shukur IYMON berganing uchun.
Harom, halolni bildirib, yiroq qilganing uchun,
Yana ham ko’proq shukur IHLOS berganing uchun.

Ayirmagin yo Rabbim meni duo qilishdan,
IYMON berib qalbimga, O’zing qo’lla har ishda.
Tilim, aqlim, qalbimda yangrasin Sening isming,
Asragin meni yo Rab, O’zing, gunoh qilishdan.

Qalbimdan yiroq qilma ibo, hayo, nomusni,
Nafsimga bergin toqat, asra meni fahshdan!
Sevdim seni qalbim-la, KERAKMAS o’zga sevgi!
O’zing bergin bahtimni, yo’liqtirma dinsizga!


Sevimli forumim FORUM.ZIYOUZ.COMga bag’ishlanadi.

Allohga shukurki bor shunday imkon,
Iymon egalari birlashgan makon.
Bu makonning nomi Ziyouz 
Qalblarga taratar ziyo kecha-yu kunduz.

Bilmaganim o’rgandim,
O’rganganim o’rgatdim.
Intildim pok iymonga,
Mehr qo’ydim Islomga.

Alloh yo’lida sevish va do’stlik
Neligini angladim.
Kimlargadur balki yo’qdim,
Kimlargadur yo’qmadim.

Men topdim chin do’stlarni,
Haqiqiy dil so’zlarni. 
Dildan aytaman sizga,
Pokladim bu ko’zlarni.

Harom halol neligin,
Namoz nechun farzligin,
Islomnining haq dinligin
Angladim men shu zamon!

Haqiqatga chorlovchi bir nur, 
Haqiqatni o’rgatuvchi do’st.
Hikmat shodasidan erur u bir dur
Bor bo’l doim FORUM.ZIYOUZ!


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.