background
logotype
image1 image2 image3

Oygul Ubaydulla qizi

O’TINCH

Oshiqlik tumorin bo’ynima ildim,
Dilni so’z atalmish yarog’da tildim,
Ishq slogan imorat sari yo’l oldim,
Meni bedardlarga berma, Xudoyim!

Ko’ngulning chokini sitdim, sitildim,
Tavba surasiga yor-a, yukindim,
Dunyo libosini yechdim, qutildim,
Meni rahmsizlarga berma, Xudoyim!

Malaklar burjidan kelar tovush, sas,
Vujudim yonadi hajringa payvast,
Ruhim, sen o’zingni tavbalarga os,
Meni ishqsizlarga berma, Xudoyim!

Arshning oayvoniga tutashgan yo’lim,
Takror-takror qutlar qadrdon o’lim,
Nuri ilohiy-la bezanar yo’lim,
Meni bedardlarga berma, Xudoyim!

Oygul Ubaydulla qizi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.