background
logotype
image1 image2 image3

Oshiq Posho Ibrohim

QAHRINGDA XUSH, LUTFINGDA XUSH

Jonga jafo qil, yo vafo,
Qahringda xush, lutfingda xush.
Yo dard yubor, yoki davo,
Qahringda xush, lutfingda xush.
Xushdur manga Sendan kelan,
Yo xil’atu yoxud kafan,
Yo toza gul yoxud tikan,
Qahringda xush, lutfingda xush.
Ey, Podshohi lamyazal,
Zoti abad, Hayyu Azal,
Ey, lutfi mo’l, qahri go’zal,
Qahringda xush, lutfingda xush
Kerak yig’lat, kerak kuldir,
Kerak yasham, kerak o’ldir,
Oshiq Posho Senga quldir,
Qahringda xush, lutfingda xush

Oshiq Posho Ibrohim


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.