background
logotype
image1 image2 image3

Normurod Muhsin

NASIHAT

Do’stim, goh g’amda qolsang,
Dardu alamda qolsang,
Bo’zlab dunyoni buzma,
Aslo umiding uzma.
Aylasang sabru bardosh,
Qayg’ularga bersang dosh,
Kelar bir kun yorug’ kun,
Tong otib, chekinar tun.
Olma, pish, deb o’tirma,
Yerga tush, deb o’tirma,
Yomonlarga ergashib,
Yaxshini yerga urma.
Orzuga yetay desang,
Elim shod etay desang.
Inson bo’lib dunyodan,
Insondek o’tay desang,
So’zlaring bol-asal qil,
Yomon ishdan hazar qil.
Normurodni do’st bilsang,
So’zlariga amal qil.

Normurod Muhsin


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.