background
logotype
image1 image2 image3

Karima Said

O’LIM

So’ngi yo’lga kuzatar “beshik”,
So’ngi yo’lga ochilur eshik.
Kimga firdavs, kimga otash uy,
Sen o’limni kelmasidan tuy!

Vaqti tayin! Oldin ketmasmiz,
Vaqti tayin! Keyin ketmasmiz,
O’lim yolg’iz Haqning hikmati,
Ma’nosiga hanuz yetmasmiz.

O’tmay turib o’lganlar border,
Birov o’lsa, kulganlar border,
Bu dunyoda kibr qilganlar
U dunyoda xor-zor bo’lgaylar.

Ajal olar bir kun hammani,
O’lim haqdir, yolg’onini qo’y,
U bilmaydi yaxshi-yomonni,
Bilsang, o’lim – mo’minlarga to’y!

Karima Said


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.