background
logotype
image1 image2 image3

Haziniy

JAHONI BEVAFO

Jahoni bevafodin oxiri bir kun ketar bordur,
Bu dunyo bir rabot, har kim qo’nib bir-bir o’tar border.

Ishonma bog’u-rog’ing, molu mulking, taxtu baxtingga,
Quyoshdan ibrat olgil, turmayin oxir botar bordur.

Agar ming yil umr ko’rsang, jahonga podsho bo’lsang,
Bo’lib xoki mzallat, go’r arosida yotar bordur.

Yigitlik davrini surgil, qarib toat qilursan, deb,
Savobingga Xudo muhtoj emas, deb o’rgatar borur.

Haziniy, bandalikda, bas yurursan behabar, g’ofil,
“Kiromayn kotibayn”kim xayru sharringni bitar bordur.

Haziniy


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.