background
logotype
image1 image2 image3

Guljamol

TOPMAGIN YUZIMGA TAVBA ESHIGIN

Olamlarning Rabbi, go’zal Allohim,
So’ng nafasda imonimdan ayirma.
Sening rahmating mo’l, mening gunohim,
So’ng nafasda imonimdan ayirma.
G’aflatimdan yedim bir ming bitta pand,
Tugadi majolim, qolmadi toqat,
Bir umr ko’zyoshim tinmasin, faqat,
So’ng nafasda imonimdan ayirma.
Besh yuz xayol bitta haqqa yetmaydi,
Dunyo ishqi xarjlamoq-la bitmaydi,
Ohh… aqlim yetmaydi, kuchim yetmaydi,
So’ng nafasda imonimdan ayirma.
Bilursan, kimlarga kinim-g’arazim,
Sengadur iltijom, Senga niyozim,
Bu davlatu sarvat menga ne lozim,
So’ng nafasda imonimdan ayirma.

Guljamol


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.