background
logotype
image1 image2 image3

Azimbek Usmon

USTI BOR DUNYONING OSTI HAM BOR

Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar

“Og’am” deganing qayda?
“Onam” deganing qayda?
Soyasiga sig’inib,
“Otam” deganing qayda?

Barisi ham ko’zda yosh
Biri-biridan yuvvosh?
Yer bag’irlab turarlar,
Yurakda qoyadek tosh:

“Evoh, qalbi ko’r bo’ldim,
Peshonasi sho’r bo’ldim.
Yaratganni bilmadim,
Shakkok bo’ldim – xo’r bo’ldim”.

Badanlaring yuvishar,
Oyoqlaring chalishar.
Sening kabi bandalar
Bir-bir pastga qulashar.

Oz bo’lsa-da vaqting bor,
Imon keltir, Alloh yor!
Oxirating ko’pmasin,
Keyin yig’lamagin zor.

…Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar.

Azimbek Usmon


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.