background
logotype
image1 image2 image3

Abdurauf Fitrat

MIRRIX YULDUZIGA

Go’zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg’oni
Nega bizdan qochib muncha uzoqlarga tushibsan?
Tuvg’oningga nechun sira gapurmasdan turibsan,
So’yla, yulduz, holing nadir, nechuk topding dunyoni?
Bizning yerda bo’lib turgan tubanliklar, ho’rliklar.,
So’yla, yulduz, sening dag’I quchog’ingda bo’lurmi?
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuizli ishbuzarlar, shaytonlar,
O’rtoq qonin qo’ymay ichkan zuluklar,
Qardosh etin qo’ymay yegan qoplonlar?
Bormi senda o’ksiz yo’qsilning qonin
Gurunglashib, chog’ir kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin
O’z qopchig’in to’ldirgan buzganlar?
Bormi senda bir o’lkani yondirib,
O’z qozonin qaynatguvchi hoqonlar?
Bormi senda qorin, qursoq yo’lida
Elin, yurtin, borin-yo’g’in sotqonlar?


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.