background
logotype
image1 image2 image3

Abdulhakim

UYG’ONUR…

Uyg’onur har inson irqi, millati
Va jinsi uning qanday bo’lsa ham.
Zero, Alloh bergan aql ne’matin,
Qo’l narsani topar, ko’z ko’rmasa ham.
Iymon – bu ishonish ko’rib turgandek,
Mukammal idrokla aniq his qilish.
Yorqin fikr nilan Alloh aytgandek,
Oyat-alomatlar egasin tanish.
Osmonlar va Yerning yaratilishi,
Almashib turishi kecha-kunduzning.
Hokazo borliq – bu Allohning ishi.
Dalili isboti iymonimizning,
Muqarrar bo’lgandek o’lim har jonga.
Qiyomat muqarrar edur shubhasiz.
Bunday ishonch xosdir ahli iymonga.
Muqarrar qaytadan tirilmoqlik ham.
Shunga binoan, ey aziz birodar,
Atrofga boqaylik, tafakkur bilan.
Ko’rasiz zarrayu, koinot qadar,
Barpo qilinganin tadabbur bilan.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.