background
logotype
image1 image2 image3

Xamr haqida

Hazrati Usmon (r.a.) bir kuni xutba o’qiyotib, Allohga qasam ichib aytdilarki: “Ey jamoat! Xamr bilan imon bir qalbda bo’lishi mumkin emas, albatta, biri boshqasini quvib chiqaradi”. 
Hazrati Bilol (r.a.) aytadilarki: “Sharobning bir qatrasi quduqqa tushsa, keyin o’sha quduqning ustiga minora qurilsa, u minorada azon chaqirmayman. Agar sharobning bir tomchisi dengizga tomsa, dengiz qurib, u yerdan o’t-o’lan unib chiqsa, o’shandan ham foydalanmayman”.

“Aroqho’rlik haqida gapirilsa, boshqalar buzdi bizni, deymiz. Bu gapda jon bor. Lekin ular har birimizni yotqizib olib, og’zimizga zo’rlab aroq quymaydilar-ku!..
Aroqho’rlik qancha-qancha ulug’arni xorlik botqog’iga botirdi. Juda ko’p iste’dod egalari bu balo oqibatida umrlarini ham, qobiliyatlarini ham boy berdilar”.

Tohir Malik, yozuvchi

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.