background
logotype
image1 image2 image3

Ochlik va to’qlik

Oz yemoq odamiylik ishi. Ko’p yemoqlik uning asl tabiatiga yot. “Sihat tilasang, ko’p yema”, “Asalning ham ozi shirin” degan maqollar bejizga aytilmagan. Mana kam yeyish foydalari va ko’p yeyish zararlaridan ayrimlari:

-kam yeganda, yurak tiniq ishlaydi, ko’p yeyish esa, uni qisib qo’yadi, shuningdek, miya faoliyatiga ham salbiy ta’sir korsatadi;
-och qoringa qilingan ibodatning mazasi “xush yoqadi”;
-kam yegan odam xotirjam yuradi, ilm va ibodatiga xalal yetmaydi;
-to’q odamning miyasi kamroq, oshqozoni ko’proq ishlaydi, o’ylaganda ham qorni bilan o’ylaydi;
-to’q ochlarni unutadi;
-kam yeyish bilan tana sog’lom bo’ladi;
-kam yeganning sarfi kam.
Tarixdan bir misol. Madinada tabib yo’qligini eshitib, Shomdan bir kishi tabiblik qilgani keldi. Ancha vaqt tursa ham, hech kim sog’lig’idan shikoyat qilmaydi. Qarasa, yurtda kasal yoq. Hayron bo’lib, sahobalarning bittasidan bu holning sirini so’raydi. Sahobiy: “Kam yeymiz, kam uxlaymiz”, deb javob beradi. Tabib: “Agar shunday bo’lsa, bu yerga kasallik kirmaydi”, deb yurtiga qaytib ketadi. Albatta, bu o’rinda Payg’ambarimizning (s.a.v.) Madina ahliga salomatlik tilab duo qilganlarini ham unutmaslik kerak.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.