background
logotype
image1 image2 image3

O’gitlar

Gina saqlagan odam behuzur yashaydi.
Dunyoning ne’mati boqiy bo’lmagani kabi, qiyinchiligi ham doimiy emas.
Imon va ilm insonga sharaf beradi. Ulardan mahrum bo'lish barcha sharaflardan ayrilish demakdir. 
Do’stingning oldiga borganingda unga yaxshi muomilada bo’l. yonida uzoq o’tirma. Ularning ham muammolari bo’lib, yonlarida uzoq o’tirsang, bezor qilasan.
Seni ranjitganlarga lutf etib, sabr ila ish tut. Shunday qilginki, ular qilgan ishlaridan uyalsinlar.
Haddini bilganlar mo’tadil yashaydilar. Bilmaganlar ortiqcha harakatlari bilan o’zlarini falokatga duchor qiladilar.
Inson rizqini izlaydi. Aslida rizqi uni izlaydi. Insonlar taqdiri azalda bitilgan rizqlarini yemagunlaricha o’lmaydilar.

“Hayotbaxsh yuz tuyg’u” kitobidan

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.