background
logotype
image1 image2 image3

Ko'p yeyish zararlari

1.Ko’p yeyish kishini toshbag’ir qilib qo’yadi, qalbning nurini so’ndiradi. Inson vujudida, qalbning ostidagi oshqozon qaynab turgan qozonga o’xshaydi. Uning bug’I qalbga ko’tariladi. Ko’p yeyish shu bug’ni ko’paytiradi va qalbning qorayishiga, kirlanishiga sabab bo’ladi. 
2.Ortiqcha yeyish tana a’zolarining ortiqcha ishlashiga va oqibatda faoliyatining buzilishiga sabab bo’ladi.
3.Ko’p yeydigan kishining bilim va tushunchasi oz bo’ladi.
4.Ko’p eydigan kishining ibodati ozayadi. Chunki badani og’irlashadi, uyqu bosadi, sezgi a’zolari bo’shashib, ibodat qila olmay uxlab qoladi.
5.Ko’p yeyish ibodatdan zavq olishga mone’lik qiladi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) shunday deydilar: “Allohga bo’lgan ishtiyoqdan ayrilmaslik uchun musulmon bo’lganimdan keyin to’yib ovqat yemadim, qonib suv ichmadim”.
6.Ko’p yeyishga odatlanishda haromga kirib qolish tahlikasi bor.
7.Ko’p yeydigan kishilarda o’lim qiyin kechadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.