background
logotype
image1 image2 image3

Juma kunida

…poklik
Juma kuni yuvinish sunnatdir. Ba’zi odamlarning fikricha vojibdir.
Kishining ish kiyimlaridan tashqari juma kuni kiyadigan bir ichki va tashqi kiyimi bo’lsa, yaxshi, bu hol imkoni borlar uchun mustahabdir. Muhimi ozodlik va poklikdir. 
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Kimki juma kuni tirnoqlarini olsa, Alloh undan bir kasallikni ketkazadi va bir shifo beradi”.

…maqbul vaqt
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Juma kunida shunday bir vaqt borki, kimki bu vaqtda duo qilsa, tilagi shu vaqtga to’g’ri kelsa, Janobi Haq u kishini tilagiga yetkazadi”.
Bu ijobat vaqti haqida qirqqa yaqin qarashlar bo’lib, bulardan eng sahihi xatibning minbarda o’tirgandan namoz o’qilgunga qadar o’tgan vaqtdir. Bu vaqtda qalban duo qilinadi.

… Qahf surasini o’qish
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: “Kimki juma kuni surai Qhfni o’qisa, oyoqlari ostidan osmonlarga qadar uning uchun bir nur yuksaladi. Bu nur qiyomata qadar porlab turadi. Ikki juma o’rtasidagi xatolar avf etiladi”.
“Juma kuni surai Qahf o’qigan kishi sakkiz kun barcha fitnalardan saqlanadi. Dajjol chiqsa ham, uning yomonligidan muhofaza qilinadi”.
“Biror kishi juma kuni yoki oqshomi surai Qahfni o’qisa, o’qigan joyidan Makkai Mukarramaga qadar nurga to’ladi. Kelgusi jumagacha va yana uch ziyoda kunga gunohlari kechiriladi. Yetmish ming farishta tongga qadar uning avf etilishini tilaydi” (Abu Dovud rivoyatlari)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.