background
logotype
image1 image2 image3

Bezovta qalb nolasi

Hurmatli Hilol hodimlari. Men avallari shim kiyib, sochlarimni ko'z-ko'z qilib yoyib, chiroyli kiyimlarni kiyib, xullas, o'zimga judayam oro berib yurardim. Ko'chalarda sho'x kulgilarim bilan hammani o'zimga jalb qilishga intilardim. Orada o'zimdan kichik bola bilan tanishib, uning so'zlariga laqqa tushib, menga uylanmoqchi bo'lgan yigitdan yuz o'girdim.

O'qishni bitirib, o'sha yigit uchun institutda ishga qoldim (u hali talaba edi). Yaxshi ishlar taklif qilishdi, lekin unamadim. Men xayolimda bahtiyor edim. Men tenggi qizlar turmushga chiqib, yigitlar uylanib bo'lishdi. Bir kuni unga: Hech bo'lmasa, belgilab oling, dedim. U har turli bahonalar qildi. Shundan keyin qalbim bezovta bo'la boshladi. Xullas, bir kuni u: Bekorga sizni sevgan ekanman, dedi. Nafratdan titrab ketdim. Shundan keyin hech kimga e'tibor bermaydigan, sevgi to'grisida gapirganlarga qo'l siltaydigan, qahrli bo'lib qoldim. Ilmga kirishdim, hozir nomzodlik ishi yoqlash arafasidaman. Ammo aspiranturada birga o'qiganim bir namozxon yigitning diniy mavzudagi gaplari qalbimda yangicha tuyg'ularni uyg'otdi. Men o'limdan qo'rqmasdim, chunki o'lib ketsam, orqamda mensiz qiynaladigan erim, farzandlarim yo'q, uydagilar ham mendan bezor bo'lishgan, deb o'ylardim. Endi esa namozxon yigitning so'zlari qalbimda qo'rquv Xudodan, hisob-kitobdan qo'rquv uyg'otgan edi. O'zimdan uyala boshladim, avval faqat bomdod namozini, keyin xuftonni, keyinchalik esa, qazo qilib bo'lsa-da, besh vaqt namozni o'qiy boshladim. Bir kuni tush ko'rdim, oppoq libosli farishtalar meni osmonga olib chiqishdi, so'ng kimsasiz dashtga oborishdi. Hayron bo'lib, ulardan, nimaga bu joy kimsasiz, nimaga hech narsa yo'q deb so'radim. Ular menga: Bu sening bir kuning, sen namozlaringni qazo qilib o'qiyapsan, shuning uchun shu kuning bo'sh qoldi , deyishdi. Ertasidan besh mahal namozni vaqtida o'qiy boshladim. Ammo qalbim hamon behalovat edi. Ko'chada ro'molli qizlarni ko'rganimda, ularga havas bilan boqardim. Nihoyat, hech kimning so'ziga qaramay, men ham ro'mol o'radim. Endi bir oz xotirjamdayman. To'la xotirjam bo'lolmayotganimga esa, mening o'tmishim xalaqit bermoqda. Azizlar, ayting-chi, oldingi holatim, ya'ni, shim kiyib, sochlarimni turli xil turmaklab, o'zimni ko'z-ko'z qilib yurganimni Alloh kechirdimikan. Afsuslarim cheksiz, eslasam, yuragim tirnaladi, bilmayman, men ham Alloh sevgan bandalardan bo'la olamanmi?..

Iltimos, savolimga befarq qaramangiz, javobingizni kutaman. Alloh sizlardan rozi bo'lsin.

Hurmat ila Nodira

 

Singlimiz Nodiraxonga Allohdan cheksiz mag'firat, buyuk ixlos va solih bir bandaga sohibalik tilaymiz. Qo'rqqanlari qut bo'lsin, nadomatlarining o'ti o'tgan gunohlarini kuydirsin. Singlimiz, kitobchamizdagi Yomonlikni yaxshilikka alishtiring maqolasini o'qiboq, savollariga javob topganlariga aminmiz. Alloh marhamatli zot, U umid ila qaragan ko'zlarni, najot tilab ochilgan qo'llarni ijobatsiz qoldirmaydi. Allohga cheksiz hamdlar bo'lsin.

Tahririyat

Hilol taqvimi 1-son 1428 yil

 

Avvalambor Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, aziz dindoshim!!!

Voqeani o qidiz, balki Nodira(opa)ning o rnida Dilnozadir, nima didiz, Allohdan umidim bor, lekin Nodira(opa)ga o hshab umidsizlanib ikkilanmasdan, balki yolg iz Allohga tavba qilib, Undan umid qiladigan Dilnoza Nodira(opa)ga qoyil qoldim, Alloh rozi bo lsin, hich kimmi gapiga qaramasdan, hozirgi ko pgina qizla qatori har hil(isib ketaman, siqilib ketaman, qari ko rinaman va xokazo) bahonalani to qimasdan, Allohning buyrug iga binoan, ya ni Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga, qizlaringizga va mo'minlarning xotinlariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini tashlab olsinlar! Mana shu ularning (kim ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (uslubdir). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir. (Ahzab, 59) va Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar* va ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar! Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo o'g'illari, yo erlarining o'g'illari, yo o'zlarining og'a-inilari, yo og'a-inilarining o'g'illari, yo opa-singillarining o'g'illari, yo o'zlari (kabi) ayollar, yo qo'l ostilaridagi (cho'ri)lar, yo (ayollardan) behojat bo'lgan (ya'ni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkor-qullar, ayollarning avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqalarga ko'rsatmasinlar! Yana, yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchangiz Allohga tavba qilingiz, ey mo'minlar! Shoyad, (shunda) iqbolli bo'lsangizlar. (Nur, 31)

* - (Ko'rinib turadigan ziynatlardan murod - hanafiy mazhabimizda - ayolning yuzi, ikki kafti va ikki oyoqlarining to'pug'idan pastki qismidir. Oyatdagi ziynat so'zidan murod ziynatlantiriladigan joylar, zero, odatda ayollar yuz, qo'l va oyoqlarini bezab pardozlaydilar. Mazkur joylarni yopib yurishda ayollar uchun haraj-qiyinchilik bor. Haraj esa shar'iy uzrlardandir.) ro mol o raptila, mani bildiradigan niyyatim bitta, Allohim o zi buyurgande o rangan bandalaridan qisin, siz ham duo qiling, iltimos, singlim ham Allohning buyrug iga itoatkorladan bo sin.

Gapimmi ohirida Alloh rozi bo lgur birodarimiz Xoyrulloh Hamidov tomonidan taqdim qilingan she rlani sizga ham ilinmoqchiman.

 

***
Haq rizosin tilab, hijob tutgan qizlar
Xalqning emas, Holiq lutfin kutgan qizlar
Haq isqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohiy xislar tuysin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin! 

Yot nazardan qochib, parda tutib yuzga
Ibrat bo'lib behayo-yu qaro yuzga
Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga, 
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy, 
Misli bulut arosida kulganday Oy
Or-hayoga burkanipti Oyday chiroy
Kiyim kiygan yalang'ochlar RASHKda KUYSIN!
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Oriyatli oy yuzlarni to'sgan parda
Bir chiroyni tovlatti ming bir chiroyda
Yomon ko'zdan asrasin Alloh har joyda
Betavfiqlar mayli nima desa desin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Muhofaza etib o'zni yot nazardan
Besh mahramni qutqardingiz ahli nardan
Haq lutfiga sazovorsiz tong sahardan
Ochiq-sochiq yurganlar ham esin yig'sin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Dunyo-sinov, haq yo'lida sobit qoling
Hatarlardan eson-omon o'tib oling
Jannat uzra bunda poyondozlar soling
Alloh o'zi sizga chin baht ato qilsin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

***
Hayol surma, hayollar yomon
Tuyg'ularga bermagin izn
Qur'on harfin o'rganib obdon
Salim qalbga ega bo'l qizim.

Fisqqa chorlov seni yo'llardan
Kimdir izlar yolg'on hizrni
Mening munis muslima qizim
Ro'molingla yop televizorni

Sen dunyoga teran boqmoqni
Qur'on hamda sunnatla izla
Dunyo mayda-chuyda deb kuysa
Sen eng katta savdoni ko'zla

Bu savdo-ki, latta-puttaga
Aldanmagan hayotiy ertak
Sen Oishaga, Fotimalarga
Yopishib ol misoli pechak

Hech ularni qo'yib, yuborma
Sen ularni chindan, bil ONA,
BOSHINGDAGI RO'MOL YECHILSA
BOSHING ILA TUSHSIN MARDONA

Qalbing ila haqni tanigin
Berilmagin falsafalarga 
Zargar dunyo aslida bitmish
Yolg'on-yashiq safsatalarga

Qizim mening, muslima qizim
Aqidangda hotirjam qolgin
Xatto onang tobutin ko'rsang
Allohdanmiz deb ayta olgin

Bilib qo'yki dunyo bevafo
Manzil oldi nasihat so'zim
Mendan ko'ra Rosululloh(sollallohu  alayhi vasallam)ni 
Yaxshi ko'rsang roziman qizim.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.