background
logotype
image1 image2 image3

Allohdan qo'rqishning alomatlari

Allohdan qo'rqishning alomati yetti narsada namoyon bo'ladi:
1.Tilda: Ollohdan qo'rqqan odam tilini yolg'ondan g'iybatdan boshqalarga bo'hton qilishdan va bekorchi so'zlar aytishdan tiyadi. Uni, ollohni zikr etuvchi, Qur'on o'quvchi va ilmiy  muzokaralar bilan mashg'ul a'zo holida shay tutadi. 
2.Qalbda: Ollohdan qo'rqqan odam qalbida musulmon qardoshlariga dushmanlik his qilmaydi: yolg'on, bo'hton va hasad qilish kai g'ayriinsoniy tuyg'ularni qalbidan yo'q qiladi. Chunki hasad, kishining go'zal amallarini mahv etadi. Shunga ko'ra, Ollohning rasuli buyuradi: Ey o'quvchi, bilki, hasad qalblarga joylashgan va jamiyat hayotida katta zararlarga yo'l ochuvchi yomon bir kasallikdir. Qalblardagi xastaliklar, yani yomon tuyg'ular, yomon fe'llar faqat ilm va amal bilan davolanishi mumkin.
3.Ko'zda:Ollohdan qo'rqqan odam yeyishda ham, ichishda ham, kiyishda
ham boshqa xususlarda ham ko'zini haromdan ehtiyot qiladi. Dunyoga hirs bilan va har narsani qo'liga kiritish ishtiyoqi bilan emas, ibrat nazari bilan qaraydi . Halol bo'lmagan narsalarga qarashdan tiyiladi. Shuning uchun ham Ollohning rasuli buyuradi: - Kim ko'zini harom narsalar bilan to'ldirsa, Olloh ham qiyomat kuni uning ko'zini olov bilan to'ldiradi.
4.Me'dada: Ollohdan qo'rqqan odam me'dasiga harom luqma bermaydi. Chunki harom luqma yeyish eng katta gunohlardan biridir. Shu bois Ollohning rasuli buyuradi: - Inson zotining me'dasiga bir luqma harom luqma tushganda bu luqma me'dasida qancha vaqt tursa, yeru ko'kdagi farishtalar ham shuncha vaqt unga la'nat o'qiydilar.
5.Qo'lda:Ollohdan qo'rqqan odam qo'lini haromga uzatmaydi, aksincha, Ollohning rizosiga uyg'un narsalarga uzatadi. Ka'bdan shunday bir rivoyat qolgan: - Olloh yashil zumraddan bir bino yaratgan. bu binoda yetmish ming doira va har doirada ming xona bor. Bu yerga faqatgina o'ziga harom narsa in'om etilganda yolg'iz Ollohdan qo'rqqani uchun uni rad etgan kishilar kiradi.
6.Oyoqda: Ollohdan qo'rqqan odam isyon yo'lida emas, Ollohga itoat yo'lida odimlaydi. Ilm-ma'rifat va yaxshi axloq o'rganish maqsadida olimla va solih kishilar majlisiga boradi.
7.Itoatda: Ollohdan qo'rqqan odam yolg'iz Olloh rizosi uchun unga itoat etadi. Riyodan, insonlarga o'zini yo ishlarini ko'z-ko'z qilishdan va ikkiyuzlamachilikdan saqlanadi.

Abu Homid G'azzoliy "Mukoshafat-ul qulub"

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.