Is bosgan tillalar
Imom Abdurazzoq "Musannaf"da (11/470), Ya’qub ibn Sufyon "Ma’rifat va tarix" kitobida (1/708) va boshqalar sanadlari bilan mashhur tobeinlardan bo‘lgan imom Tovus ibn Kayson haqida quyidagi hikoyani keltiradilar:
Amirlardan biri Muhammad ibn Yusuf Saqafiy yoki uning qo‘l ostidagi voliylardan biri bo‘lgan Ayyub ibn Yahyo o‘z xizmatchilaridan biri qo‘liga ichida 500 dinor tilla tanga solingan hamyon (xaltacha) tutqazib, unga:
- Tovusga olib borib ber, olishga ko‘ndirolsang, bosh-oyoq sarpoga ega bo‘lasan, - dedi.
Xizmatchi Tovus oldilariga borib harchand urinmasin, imom "pulga ehtiyojim yo‘q" deb tillalarni olmadi. U Tovusning ko‘zini shamg‘alat qilib, burchakda turgan bir eski ko‘za ichiga irg‘itdi-da, chiqib ketdi va boshlig‘iga "oldi pullarni" deb xabar berdi.
Bir qancha fursat o‘tgach, Tovusning ularni tanqid qilgani haqida xabar yetdi. Ular xizmatchilaridan birini jo‘natib:
- Tovusga ayt, bizning pulimizni qaytib bersin, - deyishdi.
Xizmatchi Tovus oldiga kelib:
- Amirimiz aytayaptilar, olgan pulni qaytib berarkansiz, - dedi.
- Men ulardan pul olganim yo‘q, - deb javob berdilar.
Shunda ular Tovusning to‘g‘riso‘zligini bilganlari sababli pulni olib borgan xizmatchini chaqirtirdilar. Xizmatchi Tovus oldiga kelib:
- Ey Abu Abdurahmon, men tashlab ketgan pulni olgali keldim, - dedi. - Men qo‘lingdan pul olganmidim? - dedilar.
- Yo‘q, - deb javob berdi xizmatchi.
- Qaerga qo‘yganingni eslaysanmi? - dedilar.
- Ha, anavi ko‘zaning ichiga, - dedi.
- Qo‘ygan yeringga qara unda, - dedilar.
Qarasa, ko‘za tubida hamyon yotar, ustiga o‘rgimchak in qurib olgan edi. Pulni olib voliylarga yetkazib berdi.
Sayfulloh Nosir tarjimasi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.