background
logotype
image1 image2 image3

Imomi A’zamning hiylai shar’iysi

Imomi A’zam (rahmatullohi alayh)ning do‘stlari, o‘sha davrning hadis va qiroat olimlaridan bo‘lgan Sulaymon A’mash bir kecha uyida xotini bilan janjallashib, uni qattiq ranjitib qo‘ydi. Lekin janjaldan so‘ng yana xotini bilan suhbatlashishni istadi. Xotini esa gaplarini umuman javobsiz qoldirdi. A’mash g‘azablanib: «Nimaga javob bermayapsan?», deb xotiniga baqirardi. Ularning qizlari  «hozir gapirmasalar, ertalab gapiradilar», deb otasini tinchlantirmoqchi bo‘ldi. Biroq A’mash g‘azabidan tushmasdi. «Agar bu kecha (tongga qadar) gapirmasa, uning talog‘ini berdim», deb qasam ichdi.

Qiz onasini qancha gapirtirishga urinmasin, onasi gapirishni istamasdi. Eridan qattiq ranjigan edi. A’mash bir ozdan so‘ng, g‘azabidan tushdi va aytgan gapidan juda afsuslandi. Ajralmaslikka chora izlay boshladi.

Yarim kechasi bo‘lishiga qaramay, uyidan chiqdi va to‘g‘ri Imomi A’zamning uylariga yo‘l oldi. Imomi A’zam undan hol ahvol so‘raganlaridan keyin A’mash kelish sababini aytdi: «Bu xotin shu yo‘l bilan mendan qutulmoqchi, meni qiyin vaziyatga solib qo‘yishidan qo‘rqaman. U bolalarimni onasi axir. Bu vaziyatdan chiqishga, ajrashmaslikka biror chora bormi?», dedi.

Imomi A’zam: «Allohni izni bilan bir chora topilar», dedilar. Keyin A’mash yashaydigan joydagi masjid muazzinini chaqirtirdilar va bu kecha bomdod azonini vaqti kirmasdan oldin chapirishni tayinladilar. A’mash uyiga qaytib azonni kuta boshladi. Azon ham chaqirildi. Bomdod vaqti kirmasdan chaqirilgan azonni eshitgan A’mashning xotini tong otdi, deb o‘ylab: «Oh qanday yaxshi, senday badfe’l odamdan qutuldim», deya xursand bo‘ldi.

A’mash esa kula-kula javob berdi: «Bizni ajralmasligimizga chora ko‘rsatgan insondan Alloh rozi bo‘lsin».

Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.