background
logotype
image1 image2 image3

Imkon va istig'for

— Halok  bo‘lmaslik uchun qo‘lida imkoni bo‘laturib, halok bo‘lgan kishiga hayronman, — dedilar Hazrati Ali, roziyallohu anhu.
So‘rashdi:
— U qanday imkon?
— Istig'fordir. — deb javob berdilar.
Tahlika nima?
Bir odam Baro’ ibn Molikdan so‘radi:
— Ey Abu Amora! Alloh taolo Qur’oni karimda: “O‘z qo‘llaringiz ila (baxillik qilish) bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz” (Baqara, 1—3, mazmuni), dedilar. Bu tahlika kishining dushman bilan to‘qnashib, shahid bo‘lgunicha jang qilishimi?
— Yo‘q, bu tahlika emas. Tahlika  kishining bir gunoh ish qilgach: “Endi Alloh meni kechirmaydi”, deb noumid bo‘lmog'idir”, –dedi Baro’ ibn Molik, roziyallohu anhu.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.