background
logotype
image1 image2 image3

Iso ibni Maryam

Iso ibni Maryam - Allohning to‘rt buyuk payg‘ambarlaridan biri, Bibi Maryamning o‘g‘li, chin nasroniylik dinining payg‘ambari.


Ilm o‘rganib, unga amal qilmagan kishi xuddi yashirin holda zinoga borib, homilador bo‘lgan va keyin siri ochilib qolgan ayolga o‘xshaydi. Alloh taolo ilmiga amal qilmagan kishining sirini ham Qiyomat kunida xuddi xotin kabi guvohlar huzurida ochib tashlaydi.

Kambag‘allik - dunyoda ofat, oxiratda rohatdir. Boylik - dunyoda rohat, oxiratda ofatdir.

Sizlarga ajablanaman. Dunyo uchun amal qilasizlar, vaholanki, unda amalsiz ham rizqlanasizlar. Oxirat uchun amal qilmaysizlar, vaholanki, unda amalsiz rizqlanmaysizlar.

Alloh kitobini o‘rganib, bu dunyoda quturmay yashab o‘tganlar naqadar baxtiyor kimsalardir.

Qarashdan saqlaninglar. Chunki u qalbda shahvat urug‘ini ekadi va u qalb egasini fitnaga solish uchun yetib ortadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.