background
logotype
image1 image2 image3

Imom Shofe’iy

Imom Shofe’iy (h. 150-204) - Shofe’iy mazhabining asoschisi, juda ilg‘or muhaddis va Qur’on tafsirchisi, hadis usuli va fiqhga doir asarlari bor.



O’zini gunoh va badxulqlikdan saqlay olmagan kishiga ilm foyda bermaydi.
 
Kim Qur’onni yod olsa, qadri baland bo‘ladi. Kim uning ma’nolarini anglasa, darajasi ko‘tariladi. Kim hadisni yodlasa, darajasi ko‘tariladi. Kim arabiyni va she’rni o‘rgansa, tabiati teranlashadi. Kim nafsini saqlamasa, unga ilm foyda bermaydi.
 
Ilmdan nasibador kishilar ozgina olgan ilmiga xursand bo‘lib, birgina narsani unutganida xafa bo‘lishi ilmning sharafiga yetarli dalildir.
 
Ilm o‘rganish nafl ibodatidan afzalroq.
 
Kishi agar bir ilmni o‘rganib, so‘ng boshqa ilmlarga yuzlansa-da, ulardan nimani bilmasligini tushunsa, ana o‘shanda olim bo‘ladi.
 
Kim dunyo muhabbati bilan Xoliqning sevgisini bir qalbda jamladim desa, yolg‘on so‘zlabdi.
 
Gapirishda sukutdan, anglab yetishda fikrdan madad olinglar.
 
O’n olti yildan beri to‘yib ovqatlanmadim. Zero, ko‘p yeyish badanni og‘irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi.
 
Sukut saqlagan holda gaplashmoqqa, tafakkur bilan masala hal qilmoqqa yordam talab qilingiz.
 
Qilich va nayza bilan hosil bo‘lmagan ko‘p ishlar yumshoqlik, muloyimlik bilan hosil bo‘ladi. G’azab keltirgan zarar g‘azablangan kishining o‘ziga qaytar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.