background
logotype
image1 image2 image3

Bishr Xofiy

Bishr Xofiy (vafoti 227/841) - Marvda tug‘ilib, Bag‘dodda yashagan tasavvuf shayxlaridan, zohid, Imom Hanbaliy u bilan muloqotda bo‘lgan.



Insonlar Allohning azamati haqida fikr yuritganlarida Unga osiylik qilmasdirlar.

Agar insonlar Allohning ulug‘ligi haqida fikrlagan bo‘lsaydilar, Unga isyon qilmasdilar.

Kim Allohdan dunyolik istasa, u hisob-kitob kuni Allohning huzurida ko‘proq turishni xohlaydi, deganidir (ya’ni, boyligini kerakli joyga ishlatmasa, uzundan-uzoq hisob berishga majbur bo‘ladi).

O’limdan qo‘rqqanning ko‘nglida shak bordir. Mo‘min kishi o‘limdan qo‘rqmagay. Chunki o‘lim Haq taologa yetishtiruvchidirki, mo‘min undan qochmasligi lozim.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.