background
logotype
image1 image2 image3

Abu Zarr G’iforiy

Abu Zarr G’iforiy (vafoti h. 31) - ilk Islomga kirganlarning beshinchisi, taniqli olim, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) 179 hadis rivoyat qilgan.



Ey insonlar, azaldan bor bo‘lgan, oxiri ham ko‘rinmaydigan katta bir hirs-ehtiros sizlarni o‘ldirmasin!

Qabrning dahshati va u yerdagi yolg‘izlikni o‘ylab, kechaning tim qorong‘usida turib namoz o‘qing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini o‘ylab, doimo foydali gaplarni ayting... Kuningizni ikkiga bo‘lib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini halol rizq-nasiba topish bilan o‘tkazing. Uchinchi bo‘limining esa sizga foydasi yo‘q, zarari bor. Molingizni ham ikkiga bo‘ling. Bir qismini bola-chaqangizga sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling. Uchinchi qismining esa sizga foydasi emas, zarari borligi uchun unga ehtiyojingiz yo‘qdir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.