background
logotype
image1 image2 image3

Abu Bakr Siddiq

Abu Bakr Siddiq (572-634) - Payg‘ambarimizning (s.a.v.) eng yaqin sahobalari va qaynotalari, to‘g‘ri yo‘ldagi to‘rt xalifaning birinchisi, ilk Islom bilan sharaflanganlardan.



To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying.
    
Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga o‘xshaydi.
    
Dunyo - mo‘minlarning bozori, kecha va kunduz - sarmoyalari, go‘zal amallar - tijorat mollari, jannat - foydalari, jahannam esa zararlaridir.
    
Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga soling, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, g‘aflatda qolmang... Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling!
    
Dunyo ila oxirat ikki oilasi bor kishiga o‘xshar. Inson birini rozi qilarkan, ikkinchisini ranjitadi.
    
Mol ziqnalarning, qurol qo‘rqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qo‘liga tushsa, ishlar buziladi.
    
Bir joyda axloqsizlik yoyilsa, Alloh (yaxshi-yomonni ayirmay) barchaga birday balo yuboradi.

Hech bir musulmon o‘zidan boshqa musulmonni haqir va kichik deb bilmasin, chunki kichik ko‘ringan musulmon Allohning nazarida kattadir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.