background
logotype
image1 image2 image3

Saxiyning saxovati va baxilning shikoyati

Kimning himmati-yu muruvvati qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunga yarasha odamlar uning kayg‘usiga sherik bo‘larlar, hamdardlik bildirarlar.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Har qanday odamning qalbida saxiyga muhabbat, baxilga nafrat bor.

Yahyo ibn Maoz


So‘ralmasidan bergan haqiqiy saxiy odam, qasos olishga qodir bo‘laturib, avf etgan haqiqiy mard odam.

Husayn ibn Ali

 
Saxiy, mardlar yozsa dasturxon,
Hatto itga tegar ustixon.

Xusrav Dehlaviy


Baxil kishi o‘z mol-mulkining qorovuli va o‘zgalarga qoldiradigan merosning xazinachisidir.

Muhammad Zehniy


Kishi qanchalik badavlat bo‘lmasin, u xasis va baxil bo‘lsa, el ichida obro‘siz va qadrsiz bo‘ladi.

Abulbarakot Qodiriy


Ochko‘zning boyligidan g‘am-alam va ozor yetadi. U qaerga borsa, shu yerda dod-u faryod ko‘tariladi. Ta’magirning mol-mulkiga yomon ko‘z bilan qarama, zero uning boyligidan tish zirqiraydi.

Majididdin Xavofiy


O’g‘ilginam, totimagil baxil nonidan,
Uzoq bo‘l, baxilning dasturxonidan.

Farididdin Attor


Boshingizga mushkul ish va tashvish tushganida munis bo‘lib, odamlarga mehr-muhabbat ko‘rsatasiz. Ammo davlatu ne’matlarga erishganingizda bag‘ritoshlikka moyil bo‘lasiz.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Pulni o‘ylab sarf qilmoq yarim foydadir.

Hasan Basriy


So‘ralmasidan avval berilsa, bu saxovat hisoblanadi. So‘ralganidan so‘ng berilsa, hayo yoki mazammat bilan bog‘liq bo‘lib qoladi.

Ali ibn Abu Tolib


O’zing muhtoj bo‘laturib, saxiylik qilaman dema.

Muhammad Siddiq Rushdiy

 
Boshqa kishining moli qo‘lingda bo‘lsa ham, seniki hisoblanmaydi. Chunki u qaytariladi.

Mahmud Qoshg‘ariy


Himmat kamarini bog‘lagan hamon,
Chumoli yengadi sherni begumon.

Mirzo Bedil


Odamlar ichidagi eng yaramasi xasisdir, ularning ichidagi eng yalqovi pastkashdir.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Olimlarning aytishlaricha, odamlar to‘rt toifadan iborat. Ularning birlari ochko‘zdirlar. O’zlari yeb, boshqalarga bermaydilar. Ikkinchilari o‘taketgan ziqnalar bo‘lib, o‘zlari ham yemaydilar, boshqalarga ham bermaydilar. Uchinchi toifa saxiy kishilardirki, ular o‘zlari yeb, boshqalarga ham beradilar. To‘rtinchisi - oliyhimmat odamlardir, o‘zlari yemay boshqalarga beradilar.

Majididdin Xavofiy


Ta’magir ko‘z dunyo moliga to‘ymas,
Xuddi to‘lmaganidek shabnamga quduq.

Sa’diy Sheroziy


Chiroyli to‘ningni o‘zing kiy, shirin taomingni esa boshqalarga tut.

Mahmud Qoshg‘ariy


Go‘zallarning yuzi ko‘zguda go‘zal ko‘rinadi, in’om va ehsonning go‘zalligi esa faqir va g‘ariblar ila bilinadi.

Jaloliddin Rumiy 


Qizg‘anchilik ojizlikning isyonidir.

Ali ibn Abu Tolib


Yordam berishning go‘zalligi undan kishining tasalli topishida ko‘rinadi.

Abu Ali ibn Sino


Kishilarga boqsang noz-ne’mat kuni,
Yetishar dodingga mashaqqat kuni.

Farididdin Attor


Hayot vaqtingda bergan in’om-ehsonlaring, garchi ularni tuki yo‘q (qirchang‘i) bo‘riga bergan bo‘lsang-da, zoe ketmas. Qiyomat kunida bularning ajri senga bo‘lur.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Xayr-sadaqani kasb qilib olgan odamga hech bir ish yoqmaydi.

Majididdin Xavofiy


Xasis kishi o‘z shahrida ham begona.

Ali ibn Abu Tolib


Biz insonlardan ba’zi birlarimiz soyani quyoshdan ustun qo‘yamiz, jannatdan jahannamni ustun qo‘yamiz.

Ahmad ibn Harb


Pinhon tutsang yo‘qolur, bersang o‘zingda qolur.

Xusraviy Dehlaviy


Saxovatsiz kishi birla gavharsiz sadafning hukmi bir.

Alisher Navoiy


Baxilning yuziga ko‘p qarasang, bag‘ritosh bo‘lasan.

Muhammad Siddiq Rushdiy


Nokas eshigiga qadam qo‘ymag‘il,
Duch kelganda hatto holin so‘rmag‘il.

Farididdin Attor


O’z vaqtidan kechikib berilgan in’om-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bo‘g‘uvchidir.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Xayr va ehsonda isrof bo‘lmaganidek, isrofda ham hech qanday xayr yo‘qdir.

Imomi A’zam


Himmat va saboti bo‘lmagan millatning haqqi hayoti yo‘qdur.

Abdurauf Fitrat


Nokasga yo‘l ko‘rgazmoq - go‘rga chiroq tutmoqdir.

Sa’diy Sheroziy


Gul atri mushknikidan ortiqroqdir, qurib qolsa xashakdan farqi yo‘qdir.

Xusrav Dehlaviy


Qaerda hirs yonar betutun,
Odamiylik unga bo‘ladi o‘tin.

Mirzo Bedil


Saxiylik bu - insonning saxovat ko‘rsatib, keyin bu haqda unutishidir.

Majididdin Xavofiy


Tog‘ tepasidagi qoyalarni ko‘chirish minnat eshitish yuklariga nisbatan yengilroqdir.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Rizqu ro‘zing ko‘p bo‘lsin desang, ko‘p sadaqa qil.

Ali ibn Abu Tolib


Ali ibn Husayn kechasi nonto‘rvasini ko‘tarib chiqib, odamlarga sadaqa berardi va aytardiki: «Maxfiy sadaqa Parvardigorning g‘azabini so‘ndiradi».

Abu Hamza Sumoliy


Yarim tovoq oshki, toparsan nasib,
Yarmini berki, yesun bir g‘arib.

Haydar Xorazmiy


Riyo bor har qanday ishda ravolig-u ziyo yo‘qdir.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Bir ishni qilishga odatlangan kishi undan hech qachon voz kecha olmaydi.

Majididdin Xavofiy


Qo‘y ta’mani, bor esa senda tamiz,
Shubhasiz, el ichra bo‘lg‘aysan aziz.

Farididdin Attor


Mol-mulkni behuda isrof qilish kufroni ne’matdur. O’ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Ibrohim alayhissalomni mehmonlarning otasi, deb atashardi. U kishining uylarida to‘rt eshik bor edi, qaysi eshikdan biror kishi kelarkin, deb qarab o‘tirardilar.

Ikrima


Bir-ikki so’ bug‘doydan ovqat tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir.

Ali ibn Abu Tolib


Mehmonni davlat va barakotdan sanaydiganlar o‘lib ketdi. Har bir qora sharpa qo‘noq bo‘lmasin, deb chodir buzuvchilar qoldi.

Mahmud Qoshg‘ariy


Mehmonga xos bo‘lgan odoblardan biri shundayki, kimki mehmonga taklif etilsa, rad qilmay borish kerak. Borganda esa uyning yuqorisini ko‘zlamay, uy sohibi qaerni ko‘rsatsa, o‘sha joyga o‘tirish lozim. Kirayotganda va o‘tirayotganda ta’zimu tavoze’ni unutmasin. O’zlari xohlamay turgan ikki odamning orasiga suqilib o‘tirilmaydi, chunki ularning suhbatiga to‘sqinlik qiladi.

Mahmud ibn Muhammad


Agar biror qayg‘u-alam yuz bergani yoki ta’ziyali joyni eshitsang, darhol o‘sha yerga bor. Agar ziyofatu mehmondorchilikka chaqirilsang, unda o‘zing o‘ylab ish tut.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Zoriqma xasislar suhbat-noniga,
Ishonma nokasning ahd-paymoniga.

Abulmajd Sanoiy


Qo‘noq qo‘nmas qora uylar yiqilsa yaxshi.

Qo‘rqut ota


Mehmonga borsang, uy egasi ko‘rsatgan joyga o‘tir. Nimani keltirsa, indamay ye. Mezbon tashqariga chiqsa, o‘rningdan turma, ruxsatsiz narsa qidirma. Goh buni, goh uni ushlayverma. Ammo kitoblari turgan bo‘lsa, ko‘rish mumkin.

Qayum Nosiriy


Mehmonni eshikka kuzatib qo‘yish sunnatdir.

Husayn Voiz Koshifiy


Ojiz, g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan narsani mehmonga tezlik bilan qo‘y, unga malol keltirma.

Mahmud Qoshg‘ariy


Mehmon rioya qilishi lozim bo‘lgan odoblardan yana biri shuki, mehmon mezbonga ish buyurmasin. Chunki buyurgan ishini bajarish uy sohibiga og‘irlik qilishi mumkin. Agar mehmondan qanday ovqat qilib berish haqida so‘ralsa, yengil ovqatni tanlasin. Ulug‘ kishilar doimo shunday qilishgan.

Mahmud ibn Muhammad


Jannat eshigiga uch qator so‘z yozilgan. Ulardan biri: «Nima amal qilgan bo‘lsak, topdik. Bergan bo‘lsak, foyda oldik. Nimaiki olib qolgan bo‘lsak, zarar qildik».

Nazzol ibn Sabra


Qaysilaringiz bir dirhamni sog‘ligida va baxilligida infoq-ehson qilsa, o‘lim vaqtida yuz dirhamni infoq etishni vasiyat qilishidan yaxshidir.

Abdulloh ibn Mas’ud

 
Men Oisha onamizning (r.a.) yetmish ming dirham sadaqa qilganlarini ko‘rdim. Ko‘ylaklarining yoni esa yamoqli edi.

Urva ibn Zubayr


Bir xotin bolasi bilan ketayotgan edi, bo‘ri uning bolasini olib qochdi. Xotin bo‘rining orqasidan ketayotib, bitta nonini taom so‘ragan gadoga berdi. Shunda bo‘ri qaytib kelib, bolasini unga topshirdi. G’oyibdan ovoz keldi: «Bir luqmaga - bir luqma».

Solim Abu Ja’d


Agar boylik topsang, uni qurtlarga yem bo‘lmasin yoki qaroqchilar qo‘liga tushmasin, desang, sadaqa qil.

Abdulloh ibn Mas’ud


Men hech kimdan biror narsa so‘ramayman. So‘ramasimdan nima bersa, olaman.

Abu Hurayra


Fazilat ahlini haddidan oshirmasdan hurmat qilish mustahabdir. Biror kishini boyligidan umid qilib, boy bo‘lgani uchun hurmat qilish joiz emas.

Abu Lays Samarqandiy


Torlik-ziqnalik qilmanglar, aks holda sizlarga torlik qilinadi.

Hasan Basriy


Mansab, boylik g‘amiga to‘lib-toshsa dil,
Faqir, notavonlarga xizmatda bo‘lgil.

Mirzo Bedil


Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi.

Anas ibn Molik


Kim chaqirsa kelishdan ozorlanadigan kishini da’vat etsa, bu da’vat etgan kishiga bir gunoh yoziladi. Agar da’vat etilgan kishi kelsa, ikki gunoh yoziladi. Chunki da’vat qilgan kishi uni o‘zi istamagan holda yemakka zo‘rlagan bo‘ladi.

Sufyon Savriy


Ziyofatdan maqsad - boyligini ko‘z-ko‘z qilish va maqtanish bo‘lmasligi kerak. Faqatgina Payg‘ambarimizning odatlarini qilish, mo‘min birodarlar orasida mehr-oqibatni davom ettirish va ularning qalbiga surur berish bo‘lmog‘i lozim.

Abu Lays Samarqandiy


Kim topolsa muhtoj bo‘lmaslik yo‘lin,
Fuqaro-yu shohga cho‘zmagay qo‘lin.

Mirzo Bedil


Qarindoshlarga, qo‘ni-qo‘shnilarga yaxshilik qil, olgan hadyalaring evaziga qimmatliroq narsa hozirla.

Mahmud Qoshg‘ariy


Xasis xazinaga yetishsa nogoh,
Hirsidan yo‘lini yo‘qotar gumroh.

Xusrav Dehlaviy


Eng ezgu ehson hojatmandga berilganidir.

Ali ibn Abu Tolib


Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi.

Abu Rayhon Beruniy


Befahm mehmon uy egasini xijolatga qo‘yadi.

Mahmud Qoshg‘ariy


Hisobsiz mol yiqqan bilan odam saxiy bo‘lolmaydi.

Qo‘rqut ota


O’z to‘ningga agar solsang yuz yamoq,
O’zga to‘nin so‘ragandan yaxshiroq.

Sa’diy Sheroziy


Faqiru miskinlarga vojib sadaqalarni bajo keltirmagan boylarga jahannamda dahshatli bir handaq bordir.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Daraxt o‘rniga gar eksang tikan,
Shunday tikan ekki, gul bersa ekan.

Xusrav Dehlaviy


Boylik ehson qilinsa - izzat, berkitilsa - xorlik keltiradi.

Ali ibn Abu Tolib

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.