background
logotype
image1 image2 image3

Rost so‘zning hikmati va yolg‘onchilik hasrati

Ko‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Sukut saqlagan holda gaplashmoqqa, tafakkur bilan masala hal qilmoqqa yordam talab qilingiz.

Imom Shofe’iy


Bobolarimiz: «So‘zlaganing kumush bo‘lsa, tek turganing oltindir», deyishgan. Buning ma’nosi shuki, o‘rinsiz, ma’nosiz so‘zlagandan ko‘ra jim turganing yaxshiroqdir.

Nizomiddin ibn Husayn


Iste’dodli odamga - dag‘allik, qobiliyatsizga - mansab yarashmaydi.

Mu’iniddin Juvayniy


O’zingga doimo rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar-da seni rostlik o‘ldirsa ham.

Umar ibn Xattob


O’zi sazovor bo‘lmagan hamdu sano va maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.

Abulqosim az-Zamaxshariy


So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar,
Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar.

Alisher Navoiy


Ko‘p kishilar borki, ular o‘z sirlarini saqlay bilmasliklari tufayli halokatga duchor bo‘ladilar.

Xoja Samandar Termiziy


Til bilan qadalgan narsa tish bilan yechilmaydi.

Mahmud Qoshg‘ariy


Xato, ayblari yuziga aytilmagan kishi xatolarini hunar, deb o‘ylaydi.

Sa’diy Sheroziy


Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmaydi.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Sihhat tilasang, ko‘p yema,
Izzat tilasang, ko‘p dema.

Alisher Navoiy


Birov seni o‘zingda yo‘q sifatlar bilan madh etsa, unday odamga ishonma. Chunki u senda yo‘q yomon sifatlar bilan boshqa yerda seni yomonlashga qodir.

Qayum Nosiriy


Menga aytishlaricha, salomatlik o‘n qismdir: to‘qqiztasi - sukut qilishda va bittasi - odamlardan qochishda.

Sobit Banoniy


Yolg‘on kishining obro‘sini to‘kadi, hazil-mazax ham kishini shunga o‘xshash beizzat qiladi.

Yusuf Xos Hojib


Haqni haq demaguncha ishlar o‘ngmas.

Qo‘rqut ota


Til tig‘i bilan gunohsiz kishiga ozor berish - sog‘ qon tomirga nishtar urib nobud qilishdir.

Alisher Navoiy


Sening joningga xush yoqqan hazil,
O’zganing diliga nashtari qotil.

Kamoliddin Binoiy


Og‘izga kelganni so‘zlashning oxiri voy!

Qozi Ahmad G’afforiy


Yaxshi so‘zla, ammo mahmadona bo‘lma! Ezmalik kaltabinlikdir.

Qobus


Qalbdan chiqqan so‘z qalbga yo‘l oladi.

Nizomiy Ganjaviy


Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.

Alisher Navoiy


Odam tili bilan hayvondan ustun. Ammo tildan nojoiz foydalansa, hayvondan battar!

Sa’diy Sheroziy


So‘z - gul, ish - meva.

Al-Xoriziy


Ko‘pincha so‘z aytib, bo‘ldim pushaymon,
Aytmagan so‘zimdan - doimo shodmon.

Abu Abdulloh Rudakiy


Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz.

Ali ibn Abu Tolib


Oltin va kumushning qadriga zargar yetgani kabi so‘z javharini ham faqat so‘z ustalari anglaydilar. Yerga tushgan bir gulni hayvon og‘ziga olib chaynaydi, qadriga yetmaydiganlar bosib-yanchib o‘tadi. Yana shundaylar borki, uni olib hidlaydilar, bahramand bo‘ladilar.

Anvar Oydin


Gapirmagan gaping ichingda nihon,
Har tomon yoyilar aytganing zamon.

Abulqosim Firdavsiy


O’z tili tagida faxriydir odam.

Farididdin Attor


Quruq gapning o‘zi hech qachon dalil bo‘lolmaydi.

Abu Ali ibn Sino


Agar pinhon xazina - aql,
Uning kaliti og‘izdagi til.

Amir Xusrav Dehlaviy


Yolg‘onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining soxtaligini oshiradi.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Alisher Navoiy


Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning cho‘michidir. Kishi gapirayotganida tili qalbidagi narsani olib chiqadi, ya’ni dilning ta’mini bayon qiladi.

Yahyo ibn Maoz


O’zining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.

Abulqosim Firdavsiy


So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.

Abu Ali ibn Sino


Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi.

Abu Rayhon Beruniy


Shohlar havosiga xilof bo‘lsa hech,
Rost gapni ham aytma, bu havasdan kech.

Sa’diy Sheroziy

 
Xo‘rozni ko‘rmaysanmi, bemavridu behangom qichqirdi-yu subhi shomga aylandi.

Ibn Kamolposhsho


Haqiqatdan ham so‘zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir.

Abulbarakot Qodiriy


Odam tilidadir baloning bari,
Tilda har kimsaning foyda-zarari.

Nosir Xisrav


Ko‘p ortiqcha so‘zlashuv eshituvchini ranjitadi.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Javobga shoshilgan kishi xatoga yo‘l qo‘yadi.

Muhammad Zehniy


To so‘ramasalar, tiling bo‘lsin lol,
To chaqirmasalar, oyoq bo‘lsin shol.

Mas’ud Sa’d Salmon


Odobning boshi - til.

Mahmud Qoshg‘ariy


Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo‘lgan eng muhim a’zo tildir.

Abdulloh ibn Umar


Banda tilin asramasa, taqvodor bo‘lolmaydi.

Anas ibn Molik


Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qo‘yib bersang, g‘ajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak.

Ali ibn Abu Tolib


Quloqdan dilingga gar kirmasa nur,
Sichqon kavagidan ne farqi bo‘lur?!

Abdurahmon Jomiy


Agar tilingning ortiqcha so‘zlashiga ega bo‘la olmasang, unda tizgining jilovini shaytonga topshirgan bo‘lasan.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir.

Abu Rayhon Beruniy


Yolg‘onchilarning ko‘pchiligi qissa aytadiganlar va ko‘p savol so‘raydiganlardir.

Ahmad ibn Hanbal


Go‘shtni kesar tig‘ ko‘p olamda, bilg‘il,
Lek go‘shtdan bo‘lgan tig‘ - bir zahri qotil.

Xusrav Dehlaviy


Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.

Umar ibn Xattob


Tilingdan chiqqan sadaqang (ya’ni, pandu nasihating va ma’viza-yu hasanang) ba’zan qo‘lingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Oldin bilib olib, keyin so‘zlagil,
Zarni topib, so‘ngra xarjin ko‘zlagil.

Nizomiy Ganjaviy


Biron xatoga yo‘l qo‘ygan kishi uzr so‘ragani durust. Axir Odam ham uzr so‘raganligidan bir natijaga yetishgan.

Abdurazzoq Samarqandiy


Qaro bo‘ldi yuzi har kimki, dilozorlik qildi.

G’oziy


Har kimki dilozordir,
Hayoti ohu zordir.

Farididdin Attor


Rostgo‘y kishi boshqalarning qalbidan chiqadigan narsaga e’tibor bermaydigan va zarracha yaxshiligidan insonlar ogoh bo‘lishini yoqtirmaydigan hamda yomon amallaridan insonlar xabardor bo‘lishini karih ko‘radigan kishidir.

Imom Horis Muhosibiy


Sening ustingda haq shuki, har so‘zlaganing rost bo‘lsin. Lekin har rostni so‘zlashga sening haqqing yo‘qdir. Har aytganing to‘g‘ri bo‘lishi shart. Lekin har to‘g‘rini aytish to‘g‘ri emas.

Badiuzzamon


Xaloyiq og‘zini yopmoqdan chunon,
Dengiz uzra ko‘prik yasamoq oson.

Xusrav Dehlaviy


Yolg‘onligi avvaldan ma’lum gapni haqiqat deyishdan ham ortiq hayosizlik yo‘q.

Qobus


Gunohsiz kishi so‘zga botir bo‘lur.

Sa’diy Sheroziy 


Karga aytmoq bo‘lsang siringni toza, Avval boshqalarga bo‘lur ovoza.

Xusrav Dehlaviy


Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab - odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tug‘ilishidir.

Abu Rayhon Beruniy


Har kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lgach, uyolg‘on.

Alisher Navoiy


G’animning yolg‘oniga, laganbardorning shirin suxaniga uchma. Birinchisi ayyorlik to‘rini tashlagan, ikkinchisi esa yovuz jig‘ildonini ochib turibdi.

Sa’diy Sheroziy


Yetti boshli ajdardan emas, tilyog‘lama odamdan qo‘rq.

Qobus


O’z va’dasida turmaganda turli-tuman vaj-karsonlar ko‘rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo‘lolmaydi.

Abulqosim az-Zamaxshariy


Har bir kishining so‘zi - o‘z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimonidir. Shuning uchun qisqa va ma’noli so‘zlash lozimdir.

Xoja Ahmad


Rostgo‘ylikning eng past darajasi botin bilan zohirning barobar bo‘lishidir.

Abdulqosim Qushayriy


O’zini yoki birovni aldagan kishi rostgo‘ylikning hidini ham hidlamaydi.

Sahl ibn Abdulloh Tustariy


Yolg‘on beviqor qilur odamni,
Yolg‘on sharmisor qilur odamni.

Sa’diy Sheroziy


O’z xislatlarini ko‘p gapiradigan kishi ko‘pincha yaxshi odam bo‘lib chiqmaydi.

Javoharla’l Neru


Ibodatning asosi uch ustunga ega: ko‘z, qalb, til. Ko‘z - borliqdan ibrat olish uchun, qalb - tafakkur uchun, til - to‘g‘ri so‘zni aytish va Allohni zikr etish uchundir.

Abulhasan Zanjoniy


Asal yegan og‘iz ham, quruq non yegan og‘iz ham oxir-oqibat tuproqqa to‘ladi. Faqat haq so‘zni aytib yurgan og‘izgina chirimaydi. Haq nazdida eng qiymatli og‘iz shudir.

Muhammad Kamol Pilav


Erkak uchun eng yaxshi libos - shirinso‘zlik, xotin uchun eng a’lo kiyim -ochiq yuzlik.

Mu’iniddin Juvayniy


Nechun so‘zlay, so‘zlamagan yaxshi on,
Og‘izda til boshga erur posbon.

Sa’diy Sheroziy


O’z tilini idora qilolmagan odamda haqiqat bo‘lmaydi.

Maxatma Gandi


Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt!

Alisher Navoiy


Alloh taolo bandasiga toza yurak va rostgo‘y tildan uluroq bir narsa ehson etmagandir.

Abul Hasan Xaraqoniy


Sukut saqlang, uning eng oz foydasi - omonlikdir.

Ali ibn Abu Tolib


Bekitikcha so‘zni aytib bo‘lmaydi,
Har majlisda aytib, qaytib bo‘lmaydi.

Sa’diy Sheroziy


Dunyoda tilni saqlashlik oxiratdagi pushaymonlikdan yengilroqdir.

Abu Lays Samarqandiy


Kishining gapirgan gapi salohiyatli bo‘lsa, boshqa amallarida ham bilinadi. Agar gapi fasodli bo‘lsa, boshqa amallarida ham ko‘rinadi.

Yahyo ibn Aksam


Agar uch yomonlikdan saqlansang, yigitlikning yomonligidan saqlanasan, bular - tilingning, farjingning va qorningning yomonligidir.

Umar ibn Xattob


Menga kamonning o‘qini otgani tili bilan otgandan yaxshiroqdir. Chunki tilining otgani xato qilmaydi, o‘qni otsa, gohida xato ketadi.

Sufyon Savriy


Gunoh eldan yashirmoq, jim o‘tirmoq,
Vale undan yomon yolg‘on gapirmoq.

Farididdin Jurjoniy


Rostgo‘ylik oxirat kunida najotga muyassar qilur.

Husayn Voiz Koshifiy


Qarilik ziynati gapiraverishda emas, balki jim o‘tirishdadir.

Xurramiy


Kuchlining nayzasi kuchsiz otgan nayzaga nisbatan ko‘proq nishonga tegishi mumkin bo‘lganidek, manmanlik va riyo shubhasidan xoli so‘zlar ham qalblarga ko‘proq ta’sir qiladi.

Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.