background
logotype
image1 image2 image3

Hikmat shodalari

Dunyonig izzati mol bilan, oxirat izzati solih amallar bilan.
Hazrati Umar (r.a.)

Do’stingizni tez-tez ziyorat etib turing. Zero, yurilmagan yo’llar ustini tikan va butalar qoplaydi.
Hakim

Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir.
So’fyoni Savriy

Ilm va boylik har qanday aybni yashiradi, johillik bilan faqrlik esa, oshkor etadi.
Hakim

Ochko’z kishida hayo, muruvvat qilmagan odamda din, aqllida faqrlik, yolg’onchida izzat, baxlda rohat, qanoatli kishida g’am bo’lmas.
Hazrati Ali (r.a.)

Dunyoning qiyinchiliklari to’rtta: g’urbatda kasallik, qarilikda yolg’izlik, hech narsasi bo’lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo’l.
Ibn Mikaffa

Dunyo kezib oxiratni topganni ko’rmadik, dunyosini topganlarni ko’rdik.
Hasan Basriy

Ta’ma qilish olimdan hikmatni ketkazadi.
Sam’on

To’rt narsani qaytarib bo’lmaydi: aytilgan so’zni, o’tgan ishni, otilgan o’qni, kechgan umrni.
Ibn Hajar Asqaloniy

Salomatlik uch narsadadir: Xudoning bergan umriga rozi bo’lish, din shartlarini bajarish, birovning diliga ozor berishdan uzoq bo’lish.
Ibn Hajar Asqaloniy

Yordamni olijanob kishilardan so’rang.
Ibn Hajar Asqaloniy

Osoyishtalik vaqtingizda ko’proq qo’rqing. Kulfat yetganda sabr qiling.
Ibn Hajar Asqaloniy

Do’st g’am va kulfat vaqtida ma’lum bo’ladi.
Ibn Hajar Asqaloniy

Yoshlikda zahmat chekingki, qariganda rohat topasiz.
Ibn Hajar Asqaloniy

Shahvat podshohni qulga aylantiradi, sab qulni podshohga aylantiradi. Yusuf va Zulayho qissasini bilmaysanmi?
Ibn Hajar Asqaloniy

“Aqlni o’ziga amir, nafsu havosini esa, asir qilgan kishi qanday yaxshi odamdir. Holiga voy bo’lsin, nafsi havosi amir, aqli esa, asir bo’lgan kishiga”.
Ibn Hajar Asqaloniy

Kimki qabrga tayyorgarliksiz kirsa, go’yo dengizga kemasiz chiqqandek bo’ladi.
Abu Bakr Siddiq

Dunyoning izzati men bilan, oxirat izzati solih amallar bilan.
Hazrati Umar (r.a.)

Dunyoga ahamiyat qalbdagi zulmat, oxiratga ahamiyat qalbdagi nurdir.
Hazrati Umar (r.a.)

Kim ilm talabida bo’lsa, jannat uning talabida bo’ladi. Kimki ma’siyat talabida bo’lsa, jahannam uning talabida bo’ladi.
Hazrati Ali (r.a.)

Kimning sarmoyasi taqvo bo’lsa, dinda foyda qilganlik vasfini aytib tillar charchaydi. Kimning sarmoyasi dunyo bo’lsa, dinda hasrat ko’rganlik vasfini aytib tillar charchaydi.
A’mash (r.a.)

Kasal huzuriga kirganingizda unga: “Ajalingiz yetgani yoq”, deb ovuntiring, bu ishingiz taqdirdan biror narsani o’zgartirmasa ham, bemorning kayfiyatini yaxshilaydi.
Termiziy

Bemorni ko’rgani kirganda haqqingizga duo qilishini so’rang, zero uning duosi farishtalar duosi bilan barobardir.
Ibn Mojja

Ko’rgan yaxshi tushingizni odamlarga aytib bering, ammo yomon tushingizni hech kimga aytmay qo’ya qoling.
Termiziy

Faqirlikni Robbimga tavozu’ qilish uchun, kasallikni gunohlarga kaffarot qilish uchun, o’limni esa, Robbimga mushtoqlik uchun yaxshi ko’raman.
Abu Dardo

Uch narsani unutgan odam oqil emas: dunyoning o’tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o’limning ofatlaridan hech kim omonda qolmasligini.
Hakim

Hayo, atr sepish, nikoh va misvok o’tgan payg’ambarlarning sunnatlaridandir.
Ahmad va Termiziy

Nafsim haqida men bilganlarni bilganlaringda edi, boshimga tuproq sochgan bo’lardinglar.
Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.)

Dinda ko’z-ko’z qilish qalbni qotiradi va adovatni keltirib chiqaradi.
Imom Shofe’iy

Barcha yomonliklar bir uyda bo’lib, uyning kaliti dunyoni yaxshi ko’rishdir. Barcha yaxshiliklar bir binoda bo’lib, uning kaliti zuhd (dunyoni sevmaslik) dir. Dunyoga muhabbat qo’yma, shuncha oily darajaga erishasan.
Fuzayl ibn Iyoz

Alloh subhonahu ko’zni qalbning oyinasi qildi. Agar banda ko’zini pastga qaratsa, qalb ham shahvatu hohishlarini pasaytiradi. Agar ko’ziga erk bersa, qalb ham shahvatlarni bo’sh qo’yadi.
Ibn Qayyim

Alloh taolo Islomdan nasiba olgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo’ymaydi.
Ibn Ma’sud

Mo’min kalomni kamaytirib, amalni ko’paytiradi. Munofiq amalni kamaytirib, kalomni ko’paytiradi.
Avzoiy

Islom dini pokiza-tozadir, pokiza bo’linglar. Jannatga pok-ozodalardan tashqari hech kim kirmaydi.
Xatib

Uyimdan chiqib qarayman, ko’zim tushgan har narsada Allohning menga ne’matini ko’raman va ibrat olaman.
Sulaymon Doroniy

Fikr-yaxshilik va yomonliklaringni ko’rsatadigan oina.
Hasan Basriy

Ibodat ilmni, zikr muhabbatni, tafakkur xavfni kuchaytiradi.
Hotam

Gapirishda sukutdan, anglab yetishda fikrdan madad olinglar.
Imom Shofe’iy

Kimning kalomi hikmat bo’lsa, ulag’vdir, kimning sukuti tafakkur bo’lsa, u sahvdir, kimning nazari ibrat bo’lsa, u lahvdir (o’yindir).
Hasan Basriy

Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo’lsa, holati o’zgaradi, holati o’zgarsa, a’zolarining amali o’zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’.
Imom Ga’zzoliy

Ilm o’rganib, unga amal qilmagan kishi xuddi yashirin  holda zinoga borib, homilador bo’lgan va keyin siri ochilgan ayolga o’xshaydi. Alloh taolo bilgan ilmiga amal qilmagan kishining sirini ham qiyomat kunida xuddi shunday guvohlar huzurida ochib tashlaydi.
Iso alayhissalom

Ilm ko’p rivoyat qilish bilan emas, ko’p taqvo qilish bilan bo’ladi.
Ibn Ma’sud (r.a.)

Sizlar hohlagancha ilm o’rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.
Hasan Basriy

Allohni zikr qilguvchilardan qanchasi Allohni unutgan, Allohdan qo’rquvchilardan qanchasi Unga qarshi jur’at qilgan, Allohga muqarrab bandalardan qanchasi Undan uzoqlashgan. Allohga duo qiluvchilar qanchasi Undan qochgan, Alloh kitobini tilovat etguvchilardan qanchasi undagi oyatlardan uzilgandir.
Ibn Sammok

Allohning ne’matlari haqida fikr yuritish afzal ibodatlardandir.
Umar ibn Abdulaziz

Ko’zlaringizni yig’iga, qalblaringizni tafakkurga o’rgatinglar
Abu Sulaymon Doroniy

Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga mal qilishga undaydi, yomon narsa haqida o’ylash undan qochishga.
Ibn Abbos (r.a.)

Bir soatlik tafakkur kechasi bilan qoim turishdan yaxshiroq
Hasan Basriy

Fikr qalbga kiruvchi nurdir.
Sufyon ibn Uyayna

Insonlar Allohning azamati fikr yuritganlarida, unga osiylik qilmas edilar.
Bishr ibn Hofiy

Nabiyning (s.a.v.) sahobalari: “Tafakkur limning nuri”, deganlarini ko’p eshitganman.
Amir ibn Abdu Qays

Kim Qur’onnni yilda ikki marta o’qib chiqsa, uning ado qilgan bo’ladi. Chunki Payg’ambarimiz (s.a.v.) uni Jabroil alayhissalomga har yili bir marta o’qib o’tkazib turganlar, vafot qilgan yillari esa, ikki marta o’qib berganlar.
Abu Hanifa

Namozda turar ekansan, go’yoki hukmdorning eshigini qoqmoqdasan. Hukmdorning eshigini qoqqanga esa, eshik, albatta, ochilur.
Abdulloh ibn Ma’sud

Biz yelkalarimizni gunohlar yuki ila brogan sari og’irlashtirmoqdamiz. Ammo namoz vaqti kirib, farzni ado etgach, oldingi gunohlarimizga kafforat bo’ladi. So’ng yana yelkamizni og’irlashtiramiz va yana farz namozlarimizni ado etish bilan oldingi gunohlarimizni ketkazamiz.
Abu Muso Ash’ariy

Bolalarning isloh-tarbiyasi – maktablarda, qaroqchilarniki – qamoqxonalarda, ayollarniki – uylarida, yoshlarniki – ilmda, keksalarniki esa, masjidlardadir.
Hakim Termiziy

Kasalga (kasalligi uchun) ajr yozilmaydi, ajr savob amalga yoziladi. Lekin (kasallik) xato-gunohlarga kafforot bo’ladi.
Abdulloh ibn Ma’sud

Savdogar faqih bo’lmasa, riboga botibdi, riboga botibdi, riboga botibdi.
Ali ibn Abu Tolib

Kim dinni yaxshi bilmasa, bozorlarimizda savdo qilmasin.
Umar ibn Xattob

Tilaklaringizni farz namozlari ustiga yozing.
Abdulloh ibn Ma’sud
 
Noza tayyorladi

 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.