background
logotype
image1 image2 image3

Hazrati Umarning istaklari

Davralardan birida hazrati Umar (r.a.) o‘tirganlarga qarata: “Alloh taolodan istaklaringizni so‘ramaysizmi?” – deb qoldilar. Shunda oralaridan biri dedi:

– Alloh yo‘lida infoq qilish uchun shu uy to‘la oltinim bo‘lishini istayman!

“Yana so‘ranglar”, dedilar hazrati Umar. Bir kishi so‘zladi: “Men shu uy to‘la yoqut, olmos, javohirlarim bo‘lsa va uni Alloh rizosi uchun ehson qilishni xohlayman”.

Hazrati Umar “yana istanglar”, deganlaridan keyin, o‘tirganlar hayron bo‘lishdi va: “Yo amiralmo‘minin, o‘zingiz nima istagan bo‘lardingiz?” – deb so‘rashdi. Umar (r.a.) shunday javob berdilar:

– Mening istagim, shu uy to‘la Abu Ubayda ibn Jarroh kabi inson bo‘lsin va qaerga yuborsam, xayrli ishlarni bajarsin...

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 3-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.