background
logotype
image1 image2 image3

Hasan Basriyni yig‘latgan qiz

Hasan Basriy hazratlarining huzurlariga bir kishi kelib:

– Ey imom! Mening bir qizim bor, kecha-yu kunduz yig‘lab ko‘zlari ko‘r bo‘ldi. Bir kelib bunga bir chora ko‘rsangiz – dedi.

Hasan Basriy hazratlari rozi bo‘ldilar va keldilar. So‘ng qizga:

– Qizim, nimaga yig‘layapsan? Ko‘zlaring ojiz bo‘libdi, sababini ayt, chora bordir – dedi.

Qiz javob berdi:

– Ikki sababdan yig‘lay-yig‘lay ko‘zlarimni ko‘r etdim. Birinchisi, agar bu ko‘z erta oxiratda Allohni ko‘radigan bo‘lsa, U zotga minglab ko‘zlar fido bo‘lsin, menga uning hech qiymati yo‘q. Ikkinchisi, agar oxiratda bu ko‘zlar Alloh subhanahu va taoloni ko‘rishga loyiq bo‘lmasa, men buni nega ko‘z deya olib yuribman. Alloh bunday ko‘zlarni dunyoda ikkisini ham ko‘r etsin – dedi.

Qizning bu hikmatli so‘zlarini tinglagan imom Basriy hazratlari:

– Biz bu yerga nasihatchi va tabib bo‘lgan holda kelgan edik... Holbuki, nasihat va shifo topib ketayapmiz, deya o‘zini yig‘idan to‘xtata olmadi...

«Manoqibi avliyo» kitobidan olindi.

Turkchadan G‘iyosiddin Muhammad Yusuf tarjimasi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.