background
logotype
image1 image2 image3

Gapiruvchi chaqaloq

Yoshgina go‘zal ayol chaqaloq oldida qarib qolganday ko‘rinardi.

Chaqaloqning jingalak sariq sochlari, katta moviy ko‘zlari, biroz bo‘rtib chiqqan burni, qip-qizil lablari o‘ziga yarashib turardi. Ayol uning mayin ipakday yumshoq yuzlaridan o‘pib, jannat iforini tuymoq istagida unga engashdi.

— Tegmang menga! — degan ovoz eshitdi birdan. — Meni erkalashga sizning haqingiz yo‘q.

Ayol qo‘rqib ketib, atrofga alanglardi. O‘zi va chaqaloqdan boshqa hech kimni topolmadi. Ovoz yana eshitilgach, go‘dak yoniga qaytdi.

“Xudoyim-ey, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa o‘xshashiga qaramay, gapirarkanda!”.

Chaqaloq: “Menga yaqinlashishingizni istamayman”, deb gapirishda davom etardi. — Darhol mendan uzoqlashing.

Ayol biroz o‘zini o‘nglab olib:

— Bolalarimning doim o‘g‘il bo‘lishini istayman, — dedi. — Ular ham yaxshi, lekin qiz bola boshqacha-da. Shuning uchun seni o‘pib, erkalatishni istayman.

— Meni o‘polmaysiz, — deb yig‘lashni boshladi chaqaloq. — Men ham sizni o‘polmayman, buning iloji yo‘q!

— Nega? — deb so‘radi ayol. — Nega o‘polmaysan?

Chaqaloq hiqillab bo‘g‘ilgancha dedi:

— Buni sababini o‘zingiz bilishingiz kerak. Yaxshilab o‘ylasangiz, aniq topasiz.

Ayol nimalar bo‘lib o‘tganini eslab, o‘ziga keldi. Maxsus kasalxonaning barcha qulayliklarga ega, shinam xonasida yotardi. Narkoz ta’siridan ko‘ngli behuzur edi. Oilasining yaqin do‘stlaridan bo‘lgan yosh shifokor unga bir dasta gul uzatib:

— Ortda qolgani rost bo‘lsin, xonim, — dedi. — Amaliyot (abort) muvaffaqiyatli o‘tdi. Ha aytgancha, oldirganingiz qiz bola ekan!

Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.