background
logotype
image1 image2 image3

Foydali gapni ham kam gapir

Shafe’ Usmoniy hikoya qiladi:
“Bir kuni ustozim Husayn Asg’arning oldiga keldim. U kishi aytdilar: “Ey, Shafe’, mening oldimga kelganingda hindcha gaplashmaylik, undan ko’ra arabcha gaplashaylik”. Men 10 yildan beri Devbandda ta’lim olaman-u, lekin hech arabcha gaplashmagan ekanman. Ustozimning ham arabcha gaplashganlarini avval hech ko’rmagan edim. 
U kishidan so’radim: “Ustoz, men arabcha gaplashishni yaxshi bilmasam, hindcha gaplashaversak bo’lmaydimi?”
U kishi shunday javob berdilar: “Senam arabchani yaxshi gapirolmaysan, men ham. Agar arabcha gaplashsak, foydasiz gaplarimiz ham kamroq bo’ladi”
Agar yaxshi gap ham ko’payib ketsa, biri ikkinchisi bilan aralashib, esda qolmaydi. Shunda men u kishing kayfiyati yaxshiligini bilib, u zotdan bir o’giz nasihat so’radim. U kishi:
- Uzoq safarga chiqqanmisan?
- Ha, chiqqanman.
- Men ham ko’p safar qildim. Bir kishi safar qilsa, ko’proq mablag’ni olib, o’sha shaharga borib, bozorlarni aylanadi va ko’p mollarni xarid qiladi. Oxiri esa puli kam qolib, ovqatga ham o’ylab ishlatadigan bo’ladi. Og’lim, biz ham uzoq safarga shu dunyo bozoriga keldik. Bizga berilgan moyana – umrning asosiy qismini bo’lar-bo’lmasga sarfladikmi, endi buyog’iga uning har soniyasini ham o’ylab ishlatgin!”

Yorqinjon qori ma’ruzalari asosida tayyorlandi.

 


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.