background
logotype
image1 image2 image3

Eng buyuk xasis

Xasisligi bilan o‘z zamonasida dong taratgan bir badavlat odam bor ekan. Bu davlatmand odam eng xasis, eng zihna odam sifatida mashhur bo‘libdi. Bu xasis bir kun jome’ga jamoat bilan namoz o‘qishga bordi. Jome’da namozning sunnatini o‘qib bo‘lib, birdan: «Uydagi chiroqni o‘chirganmidim, o‘chirmaganmidim», deb o‘ylanib qoldi. Shu zahoti shoshilib turib, uyiga bordi. Eshikni taqillatdi. Xizmatchi «Kim u?» deb ovoz berganida, xasis:

— To‘xta, eshikni ochma! Xonamdagi chiroq yoniq bo‘lsa, o‘chirib qo‘y, yog‘i tugab qolmasin tag‘in,—dedi.

Xizmatchi:

— Xo‘p, afandim, chiroqni o‘chirishni tushundim, ammo nega eshikni ochmayin, tushunmadim, —dedi.

Xasis odam:

— Eshikning oshiq-moshig‘i yedirilmasligi uchun, — deb javob berdi.

Xizmatchi:

— Qoyil, afandim, ammo siz masjiddan bu yerga kelguncha poyabzal eskirishini o‘ylamadingizmi?—dedi.

Xasis:

— Sen nima, tentakmisan? Meni yaxshi bilasan, masjiddan kelguncha poyabzalimni eskirishga qo‘yamanmi? Poyabzalimni qo‘ltig‘imga hisib olib, yalangoyoq keldim, — dedi.

Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.