Chumolidan olingan ibrat
Bir kuni sohibqiron Amir Temurdan so‘radilar: «Sizning oddiy beklikdan shunday buyuk saltanat sohibi darajasiga yetishishingizda nima yordam berdi?»
Ulug‘ hukmdor shunday javob berdi: «Men har qanday holatda ham umiidsizlikka tushmadim. Bu borada chumolidan o‘rnak oldim. Bir kuni dushmanlarimdan qochib, bir xarobaga berkindim. Barcha narsadan umidimni uzib, tushkunlikka tushib o‘tirganimda ko‘zim bexos bir chumoliga tushdi. U o‘zining tanasidan deyarli ikki barobar katta bug‘doy donasini olib ketardi. Uning yo‘lida yog‘och parchasimi yoki kesak parchasi... bor edi. Chumoli uning ustiga chiqishga harakat qilar, biroq yuki og‘irligi uchun oxirigacha chiqolmas, o‘zidan og‘ir yuki yerga tushib ketardi. Bug‘doy donasi yumalab, devorning tagiga tushar, chumoli qaytib tushib, rizqini olib ketishga harakat qilardi. Bu holat ellik martadan ham ko‘proq takrorlandi. Nihoyat chumoli o‘z maqsadiga yetdi. Bu kichkinagina jonzotning azmu harakatini ko‘rib, yuragimda bir umid paydo bo‘ldi. O‘z-o‘zimga dedimki, nahotki bir chumolicha shiddatim bo‘lmasa... Shundan keyin maqsadimga erishguncha hech bir to‘siqdan cho‘chimadim».
“Irfon” taqvimining 2011yil, 1-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.